Мамлакат иқтисодиётининг рақобатбардошлигини ошириш шароитида саноат корхоналарини модернизация қилиш йўналишлари

Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirish, mamlakatda chuqur iqtisodiy islohotlar o‘tkazish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash masalalariga bag'ishlangan. Unda investitsiya muhitini yaxshilash hamda import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Asosiy mavzular

  • Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning nazariy asoslari: Modernizatsiya tushunchasining mohiyati, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ahamiyati, modernizatsiyaning huquqiy asoslari hamda modernizatsiya jarayonida korxonalarni rivojlantirish masalalari yoritilgan.
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda xorijiy investitsiyalar: Xorijiy investitsiyalarning ahamiyati, ularni jalb qilish yo‘llari, O‘zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
  • Iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirishda texnik va texnologik jihozlash: Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirishda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlashning muhim yo'nalishlari hamda fandan samarali foydalanish masalalari bayon etilgan.