Оптик толаларни камёб ер элементлари билан модификациялаш усуллари ва уларнинг спектрал тавсифи

Ushbu kitob optik tolali aloqa tizimlarining ishlashini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Unda kamyob yer elementlari bilan modifikatsiyalash usullari, materiallarni tayyorlash texnologiyalari va spektral xususiyatlarini o'lchash usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, optik tolali kuchaytirgichlar yaratish va ularning samaradorligini oshirish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Optik tolali aloqa liniyalari tizimlari va elementlarining hozirgi kundagi istiqbollari tahlili: Optik tolali aloqa liniyalari (OTAL) va ularning asosiy komponentlari, elementlari va tugunlarining nazariy-analitik tahlili keltirilgan. OTAL tizimlarida ishlatiladigan optik tolalarning asosiy xarakteristikalari ko'rib chiqilgan.
  • Modifikatsiyalangan optik tolalarning spektral xarakteristikalarini tadqiq qilish uchun o'lchov qurilmalarini ishlab chiqish: Modifikatsiyalangan optik tolalar xarakteristikalarini o'lchash usullari va optik signallarni o'lchovchi qurilmalarni ishlashga bag'ishlangan. Optik va mexanik qurilmalarni yaratish bo'yicha vazifa qo'yilgan.
  • Optik tola modifikatsiyalash usullari va qurilmalarini ishlab chiqish: Optik tolalarni kamyob yer elementlari bilan modifikatsiyalash uchun ishlab chiqilgan usullar va modifikatsiyalash jarayonini amalga oshirishda ishlatilgan eksperimental qurilmalarning tavsiflari keltirilgan.
  • Modifikatsiyalangan optik tolalarning spektral tavsiflarini eksperimental tadqiq: Modifikatsiyalangan optik tolalar spektral xarakteristikalarini eksperimental tadqiqotlarining asosiy natijalari keltirilgan. Optik tola namunalarning fotoluminessensiya hossalari tadqiq qilingan.
  • Modifikatsiyalangan optik muhitlar asosida qisqa masofali optik tolali kuchaytirgichlarni yaratish: Qisqa masofali optik kuchaytirgichlarni yaratish usullari bayon etilgan, integral optik tizimlar uchun planar optik kuchaytirgichlarni yaratishning experimental jarayonlari tavsiflangan.