Termodinamika qonunlarining statistik asoslarini o’rganish
Ushbu kitob Termodinamika va Statistik fizika fanlarini o'qitish metodikasi hamda ularning asosiy tushunchalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda klassik va kvant statistika, termodinamikaning asosiy qonunlari va ularning turli jarayonlarga tadbiqi, issiqlik sig'imi, molekulyar-kinetik nazariya, Maksvell va Bolsman taqsimotlari kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar amaliy misollar va masalalar bilan mustahkamlanadi.
Asosiy mavzular
- Termodinamika qonunlarining statistik asoslari: Termodinamikaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qonunlarining statistik talqini, entropiya tushunchasi, muvozanat va nomuvozanat termodinamika, termodinamik potensiallar.
- Issiqlik harakati, Ichki energiya: Molekulalar harakati, moddaning issiqlik holati, ichki energiya, ideal gazning ichki energiyasi, real gazning ichki energiyasi va molekulalar strukturasiga bog`liqligi.
- Molekulyar fizikada issiqlik miqdori. Issiqlik sigʻimi: Issiqlik miqdori, issiqlik sig'imi turlari (solishtirma, molyar), issiqlik sig'imiga ta'sir etuvchi omillar.
- Termodinamikaning birinchi bosh qonuni va uni gaz izojarayonlariga tadbig'i: Izoxorik, izobarik, izotermik va adiabatik jarayonlar, har bir jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonunining ifodasi, bajarilgan ishni hisoblash.
- Issiqlik sigʻimining klassik nazariyasi va uning chegaralanganligi: Erkinlik darajasi, erkinlik darajasi bo`yicha tekis taqsimlanishi, klassik nazariyaning qattiq jismlar issiqlik sig'imini tushuntirishdagi cheklanishi.
- Fizika hodisalarni tekshirishda dinamik, statistik va termodinamik usullar: Dinamik usulning mohiyati va cheklanganligi, statistik usulning ehtimollik nazariyasiga asoslanganligi, termodinamik usulning makroskopik xususiyatlarga e'tibor qaratishi.
- Gaz molekulalarining tezliklari va energiyalari boʻyicha taqsimlanishiga oid Maksvell qonuni, Bolsman taqsimot qonuni: Maksvell tezlik taqsimoti, Bolsman taqsimoti, atmosfera bosimini balandlikka bog'liqligi.
- Qattiq jismlar issiqlik sig'imiga oid Eynshteyn nazariyasi. Debay nazariyasi. Fononlar: Eynshteyn modelida tebranishlarning chastotasi va energiya darajasi, Debay modelida elastik muhit va fononlar.