Kasb-hunar kollejlarida ekologik ta’lim-tarbiya va uning samaradorligini oshirish

Ushbu kitob O‘zbekistonda ekologik ta’lim va tarbiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, kasb-hunar kollejlarida ekologik madaniyatni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritadi. Unda ekologiya fanining fanlararo aloqadorligi, ekologik ta’limning pedagogik asoslari, o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish usullari va vositalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishda mahallaning roli, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati va aqliy tarbiya jarayoni bilan uyg‘unligi tahlil etiladi.

Asosiy mavzular

  • Kasb-hunar kollejlarida ekologik ta’lim-tarbiya va uning samaradorligini oshirishning umumiy xususiyatlari: Ushbu bobda pedagogika fani asoschilarining o‘quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni, ekologik tarbiya va huquqiy ta’limni olib borish xususiyatlari, O‘zbekistondagi ekologik islohotlarning o‘quvchilar ekologik ta’lim-tarbiyasini shakllantirish jarayoni bilan bog‘liqligi kabi masalalar yoritilgan.
  • Kasb-hunar kollejida o'quvchilarni ekologik madaniyatini shakllantirishda ma'naviy ma'rifiy tadbirlarning roli: Ushbu bob kasb-hunar kollejida o'quvchilarni ekologik madaniyatini shakllantirishda ma'naviy ma'rifiy tadbirlarning roli, kollej o'quvchilari ekologik tarbiyasida ma'naviy tadbirlarning o'rni, ekologik tarbiya yuksalishida milliy qadriyatlardan foydalanish, o'quvchilar ekologik madaniyati shakllanishining aqliy tarbiya jarayoni bilan uyg'unligi masalalariga bag'ishlangan.
  • Muallif tomonidan kiritilgan bob qismlari: Darslikda ikkala bob bo'yicha xulosalar yozilgan. Ilovalar berilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati keltirilgan.