Tarmoq mashinalarini diagnostikasi va tadqiqot asoslari
Ushbu kitob toʻqimachilik sanoati mashinalarining texnik diagnostikasi va ish faoliyatini prognoz qilish masalalariga bagʻishlangan. Unda diagnostika usullari, texnik holatni baholash, tajriba oʻtkazish asoslari va metrologik taʼminot kabi masalalar koʻrib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Kirish. Texnik diagnostika muammolari: Respublikada to'qimachilik sanoatini rivojlantirish vazifalari va texnik diagnostikaning ahamiyati, samaradorlikni oshirish usullari.
- Texnik diagnostikalashning umumiy masalalari: Diagnostika tushunchasi, asosiy yo'nalishlari va masalalari. Diagnostika jarayonida ishlatiladigan modellarni tuzish va tahlil qilish.
- Diagnostika tizimi: To'qimachilik mashinalari va apparatlari diagnostikalash ob'ekti sifatida. Texnik diagnostika masalalarini qo'yish va nazariy asoslari.
- Tarmoq mashinalari diagnostika ob'ekti: Diagnostikalash uchun ob'ektlar modellari: funktsional, tuzilmali. Texnik diagnostika va prognozlashtirish usullari.
- Prognozlashtirish va diagnostikalashtirish masalalari klassifikatsiyasi: Prognozlashtirish va diagnostikalashtirish masalalarining tasnifi, xususiyatlari va klassifikatsiyasi.
- Texnik diagnostikalash usullari. Testli diagnostika: Diskret ob'ektlar diagnostikasi. Analog ob'ektlar diagnostikasi. Diagnostika tizimlarining sxemalari va testli diagnostika usullari.
- Qiymatlarni hisoblash algoritmlari va tarmoq mashinalariga qo'llash: Diskret va analog ob'ektlarni funktsional diagnostikalash vositalari, loyihalash va matematik modellashtirish.
- Texnik diagnostikalash vositalarini loyihalash: Diagnostikalash vositalariga talablar, funktsional diagnostikalash usullari va loyihalash bosqichlari.
- Sonli yechishda aniqlikni baholash: Ehtimoliy va deterministli tanib olish usullari, statistik tanib olish va Bayes usuli.
- Texnologik masalada ketma-ket taxlil usuli: Ketma-ket tahlil usuli, uslubiyoti, xatoliklar ehtimolliklarini baholash va echim qabul qilish chegaralari.
- Tajriba o'tkazish asoslari va metodikasi: Ilmiy tadqiqot ishlarining tasnifi, bosqichlari, nazariy va amaliy bosqichlari.
- Ko'p omilli tajribalar: Tajriba matritsalari, matematik regression modeli, regressiya tenglamasini koeffitsientlari.
- Mexanik qiymatlarni o'lchash usullari: Diagnostikalash parametrlari, fizikaviy parametrlar guruhlari, kinematik, geometrik, statik va dinamik, mexaniq va molekulyar, issiqlik, akustik, elektrik va magnitli, radioaktiv nurlanishi, atomli fizikani, universal fizikli doimiylar.
- Xatoliklar to'g'risida: O'rta xavf-xatar ekstremum nuqtasini aniqlash, ikki o'rkachli taqsimlanishlar uchun ekstremum nuqtasini aniqlash, haqiqatga o'xshashlik uchun ostonali qiymat, minimal xavf-xatar usuli.
- Izlanishni rejalashtirish: Muommani ma'nosi, ilmiy tadqiqotni sxemasi, tajriba va uning bosqichlari, optimizatsiya kriteriyi, erkin o'zgaruvchan kattaliklar.