Kasbiy etika va etiket

Ushbu kitob kasbiy etika va odob-axloq qoidalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmadir. Unda kasb ta’limi olayotgan talabalarning fan dasturiga muvofiq o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlar jamlangan. Qo‘llanma soha mutaxassislari va o‘qituvchilar uchun darslarni samarali tashkil etishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Servis madaniyati. Servisshunoslik.: Insonning ishlash jarayonida odamlar bilan muomalasi, rahbarlik qilish, mutaxassislar bilan maslahatlashishi, turdosh firma rahbarlari bilan muzokaralar olib borishi va mehnat jamoasi bilan muomala qilish odoblari haqida ma'lumot beriladi.
  • Xizmat ko'rsatish etikasi tamoillari. Ish suxbatlarini olib borish.: Psixologiya tamoyillari, inson xulq-atvori, axloqiy kategoriyalar, kasbiy axloqiy qiyofa, ma'naviy boy tadbirkor, firmaning axloqiy boyliklari va firma qanday bo'lishi lozimligi kabi masalalar yoritilgan.
  • Kelishuvlar va shartnomalar tuzish.: Ish yuzasidan bo'ladigan suhbatlar, rahbarning odobi, ish yuzasidan bo'ladigan yozishmalar, shartnoma tuzish tartibi va uning mazmuni keltirilgan.
  • Mijozlarga xizmat ko'rsatish meyyorlari.: Ta'lim to'g'risidagi qonun, o'qituvchiga qo'yiladigan talablar, kasb ta'limi o'qituvchisining lavozim vazifalari, malaka talablari va darsga tayyorlanish odoblari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Hizmat ko'rsatishning psixologik tomonlari.: Malakali mutaxassis tayyorlash, psixologiya fanining o'rni, psixika, psixik faktlar, ruxiy holatlar, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, psixika va ong kabi masalalar o'rganiladi.
  • Muloqat psixologiyasining asosiy funktsiyalari va kasbiy faoliyatning turli soxalarda psixologik bilimlarni qo'llanish ko'lami.: Muloqot, monologik nutq, refleksiya, stereotiplashtirish, muloqotning turlari va vazifalari, verbal va noverbal vositalar kabi tushunchalar mazmuni ochib berilgan.
  • SHaxslar o'rtasidagi munosabatlar psixologiyasi.: Guruhdagi shaxslararo munosabatlar, sotsiometrik metod, jamoada yoshlarda shakllantiriladigan xislatlar, o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatlari, rahbarlik qilish uslublari, jamoa bilan ishlash odoblari keltirilgan.
  • Jamoa va guruxlar haqida umumiy tushuncha. Guruxiy tabaqalashtirish.: Ijtimoiy psixologik muhit, rahbarlik, ommaviy tusdagi psixologik hodisalar, guruh va jamoa haqida tushunchalar, ularning o'ziga xosliklari keltirilgan.
  • SHaxs faoliyatini umumiy tafsiflanishi.: Shaxs, individuallik, shaxsning tuzilishi, faoliyat, ehtiyojlar, motivlar, tadbirkorning boshqalarni o'ziga jalb etuvchi qiyofasi (imidji) haqida ma'lumotlar berilgan.
  • SHaxsning jamoa bilan muloqatdagi psixologik jixatlari.: Jamoada moslik, telefonda so'zlashuv madaniyati, tashrif kartochkalari, ish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etish, qabul marosimlari, sovg'alar berish odoblari bayon etilgan.