Zoologik tadqiqot uslublari
"Umurtqali hayvonlar biologiyasi va uni o'rganish metodlari" o'quv qo'llanmasida umurtqali hayvonlarni o'rganish uslublari, ularning tuzilishi, sistematikasi, ko'payishi va ekologiyasi batafsil yoritilgan. Qo'llanma talabalarga umurtqali hayvonlar biologiyasini o'zlashtirishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Zoologik tadqiqot uslublari: Zoologik tadqiqot uslublari fanining ob'ekti, tarkibi va vazifalari, zoologik tadqiqot uslublarining fanlar sistemasi, biologiya va tabiatshunoslik fanlari bilan aloqadorligi, antik davrda va O'rta asrlarda hayvonlar haqidagi ilmiy ma'lumotlarning shakllanishi, Yevropa va Rossiyada umurtqasiz hayvonlarni o'rganilish holati, XVIII-XX asrlarda hayvonlarni o'rganishda erishilgan ilmiy muvaffaqiyatlar, O'zbekistonda zoologiya fanining shakllanish bosqichlari, hayvonlarni o'rganishda o'zbek zoolog olimlarining xizmatlari.
- Bir hujayrali hayvonlarni o'rganish uslublari: Bir hujayrali hayvonlarni tabiatdan yig'ish va laboratoriyada ko'paytirish usullari, umurtqasiz hayvonlarni ochish va o'rganish usullari, bir hujayrali hayvonlarning gavda shakllari va o'lchami, tuzilish xususiyatlari, tarqalishi, bir hujayrali hayvonlarning oziqlanishi va uning asosiy usullari (avtotrof, geterotrof va miksotrof), ko'payishi va uning shakllari (jinssiz va jinsiy ko'payishi), infuzoriyalarning kon'yugasiya usulida jinsiy ko'payishi, bir hujayrali hayvonlarning sista hosil qilishining ahamiyati, sarkomastigaforalar tipining tavsifi va klassifikasiyasi, sarkodalilar sinfi tavsifi va klassifikasiyasi (kenja sinflar va turkumlar), sarkodalilarning amaliy ahamiyati.
- Ohakli bulutlar, shishasimon bulutlar va oddiy bulutlarni o'rganish uslublari: Ko'p hujayrali hayvonlarning xususiyatlari, ko'p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishini isbotlovchi nazariyalar, g'ovaktanlilar tipining tavsifi, ko'payishi va klassifikasiyasi, ohakli bulutsimonlar sinfi, shishasimon (kremniyli) bulutsimonlar sinfi, oddiy bulutsimonlar sinfi.
- Lentali chuvalchanglarni o'rganish uslublari: Lentali chuvalchanglarning tashqi va ichki tuzilish xususiyatlari, jinsiy sistemasi, ko'payishi va rivojlanishi, Biogelmintlar sifatida xo'jayin almashtirish xususiyatlari, keng tarqalgan turlari va ularning keltirib chiqaradigan sestodoz kasalliklari profilaktikasi, filogeniyasi va parazitizmning kelib chiqishi.
- Qisqichbaqasimonlar va o'rgimchaksimonlarning tadqiqot uslublari: Bo'g'imoyoqlilarning tashqi va ichki tuzilishidagi asosiy xususiyatlar, sistematikasi, asosiy kenja tiplari hamda ularning o'zaro farq qiluvchi belgilari, jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi, qisqichbaqasimonlar sinfi, tashqi tuzilishi, tashqi organlarning tuzilishi va funksiyalari, ichki organlari va sistemalarining tuzlishi va funksiyalari, xeliseralilarning tuzilishidagi xususiyatlar, o'rgimchaksimonlar sinfi, tashqi tuzilishi, ichki organlari va sistemalarining tuzilishi va funksiyalari, jinsiy sistemasining tuzilishi xususiyatlari, ko'payishi va rivojlanishi, asosiy turkumlari ularning tarqalishi va ahamiyati.
- Hasharotlarni tadqiqot o'tkazish uslublari: Hasharotlarning gavda bo'limlari va ularning segmentlari, og'iz organlari va uning turli-tumanliligi, qanotlar va oyoqlarning tuzilishi, tana qoplag'ichlari, ichki organlari va sistemalarining tuzilishixususiyatlari, nafas olishi va ajratish organlari,nerv sistemasi va sezgi organlarining tuzilishi hamda funksiyalari, jinsiy sistemasi va ko'payishi, postembrional rivojlanishi.
- Mollyuskalarning tadqiqot uslublari: Yumshoqtanlilarning tashqi va ichki tuzilish xususiyatlari, tipining sistematikasi, q qalqondorlar sinfining umumiy tavsifi, ahamiyati, qorinoyoqlilar sinfi, Tashqi tuzilishidagi xususiyatlar, Chig'anoqning tuzilishi va gavda bo'limlari, ichki organlari va sistemalarining tuzilishi va funksiyalari, sistematikasi, Ekologiyasi, ahamiyati.
- Umurtqali hayvonlarning biologiyasini o'rganish dasturlari: Umumiy tashkiliy-uslubiy ko'rgazmalar; Amfibiyalar va sudralib yuruvchilarning biologiyasini o'rganish dasturi; Qushlarning biologiyasini o'rganish dasturi; Sut emizuvchilarning biologiyasini o'rganish dasturi.