GPSS World paketin paydalanıp ma’seleler sheshiw metodikası
Ushbu kitob GPSS World imitatsion modellashtirish tilining asosiy tushunchalari, sintaksisi va undan turli xil tizimlarni modellashtirishda foydalanish usullarini qamrab oladi. Kitobda misollar va amaliy mashqlar orqali GPSS World bilan ishlash ko'nikmalari shakllantiriladi.
Asosiy mavzular
- GPSS World asoslari: GPSS World dasturini ishga tushirish, interfeysi bilan tanishish, model yaratish va saqlash, natijalarni tahlil qilish.
- GPSS World tili elementlari: Bloklar, operatorlar, funksiyalar, o'zgaruvchilar va boshqa til elementlarining vazifalari va sintaksisi.
- Sodda tizimlarni modellashtirish: Navbat kutish tizimlari, ishlab chiqarish liniyalari kabi sodda tizimlarni GPSS World yordamida modellashtirish.
- Kompleks tizimlarni modellashtirish: Murakkab tizimlarni bir nechta elementlardan tashkil topgan xolda modellashtirish, xususan bank faoliyati , tsexlardagi jarayonlar va avtomobilga yonilg'i quyish shaxobchalari faoliyatini modellashtirish metodikasi.
- Modellash natijalarini tahlil qilish: Modellashtirish natijalarini turli usullar bilan tahlil qilish, xatolarni aniqlash va tuzatish, modelni optimallashtirish.