Ingliz tili nazariy fonetikasi

Ushbu kitob, bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari uchun mo'ljallangan nazariy fonetika fanining asosiy tushunchalari, yo'nalishlari, tadqiqot metodlari va fonetik hodisalarni o'rganishga bag'ishlangan. Unda talaffuz, nutq tovushlari, segment va supersegment fonemalar, urg'u, intonatsiya kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, fonetikaning tilshunoslikdagi o'rni, fonetik maktablar va turli tillardagi fonetik tizimlar qiyosiy tahlili ham o'rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Ingliz tili fonetikasi: Asosiy tushunchalar va yo'nalishlar: Fonetika fanining predmeti, vazifalari, tilshunoslikdagi o'rni, fonetikaning boshqa fanlar bilan aloqasi, fonetik tadqiqot metodlari, fonetik hodisalarni o'rganish aspektlari (artikulyatsion, akustik, auditoriy, funksional).
  • Segment fonemalar: Unli va undosh tovushlar: Ingliz tilidagi unli va undosh tovushlarning tasnifi, artikulyatsiyasi, akustik xususiyatlari, fonologik mohiyati, rus va o'zbek tillari bilan qiyosiy tahlili.
  • Supersegment fonemalar: Urg'u va intonatsiya: Ingliz tilida so'z urg'usi, uning turlari, o'rni, vazifalari, ingliz tili intonatsiyasi, uning tashkil etuvchilari, vazifalari, nutqda intonatsiyaning ahamiyati.
  • Ingliz tili fonetik qurilishining qismlari: Ingliz tilida nutq tovushlarining o'zgarishi va ularning turlari, segment fonemalar, unli va undosh tovushlar, ularning bir-biridan farqi, tovushlar distiributsiyasi, ularning birikishi, articulatsion o'zgarishlar.
  • Fonetik maktablar va fonetik nazariyalar: Turli fonetik maktablarning (London, Praga, Moskva, Sankt-Peterburg) fonetika nazariyasi va amaliyotiga oid qarashlari.
  • Nurtqning foostilistik xususiyatlari: Foostilistiklarining asosiy o'rganish ob'ektlari. Talaffuz normalari va uning stillistik farqlanish masalasi. Fonetik uslublarni ifodalashda ekstralingvistik va paralinvvistik vositalari. Tovush va Intonatsiya stilistikasi.