Qog‘oz texnologiyasining asoslari
Ushbu kitob qog'oz ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy jihatlarini, xomashyoni tayyorlashdan tortib to tayyor mahsulotni sifat nazoratigacha bo'lgan jarayonlarni qamrab oladi. Unda qog'oz turlari, ularning tarkibi, qo'llanilishi, ishlab chiqarish usullari va sifat ko'rsatkichlari batafsil yoritilgan. Kitob talabalar, muhandislar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib, qog'oz ishlab chiqarish sohasida bilim olish va malaka oshirishda muhim manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Qog'oz va karton ishlab chiqarishda yarimmahsulotlar: Texnik selluloza, yarimselluloza, mexanik massa va makulatura kabi yarimmahsulotlar haqida ma'lumot beriladi, ularning klassifikatsiyasi va qo'llanilishi ko'rsatiladi.
- Tolali materiallarni kaltalashtirish: Tolalarni maydalash jarayonining nazariy asoslari, bosqichlari va jarayon faktorlari muhokama qilinadi.
- Maydalash tizimlari va asbob-uskunalar: Maydalash tizimlarining umumiy ko'rinishi, turbinali, diskali va konusli tegirmonlar, shuningdek, turli xil maydalovchi apparatlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Tolali yarimmahsulotning qog'oz hosil qiluvchi asosiy xossalari: Tolalarning morfologik xossalari, nam holida zichlanish qobiliyati, mustahkamligi, kogeziyalanish qobiliyati va maydalanish qobiliyati kabi xossalari batafsil yoritiladi.
- Qog'oz va kartonlarni massada yelimlash: Massada yelimlash jarayonining zamonaviy dunyoqarashlari, yelimlash sifatiga ta'sir etuvchi asosiy faktorlar va yelimning modifikatsiyalangan kanifol mahsuloti asosida konsentratsiyasini oshirish usullari ko'rsatiladi.
- Qogʻoz massasini quyushda massani tayyorlash texnologiyasi: Qog'oz massasini quyishning texnologik sxemasi, massalarni mashina hovuzlarida saqlash, suyultirish va tozalash jarayonlari, shuningdek, navlarga ajratish va deaeratsiyalash usullari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Qog'oz va karton polotnolarini shakllantirish: Napusk qurilmasi, shakllantirish zonalari, shuningdek, shakllantirish qurilmalari haqida so'z yuritiladi, qog'oz va karton qiluvchi mashinalarning setkali qismida suvsizlantirish bosqichlari ko'rsatiladi.
- Qog'oz polotnosini presslash: Qog'oz va karton qilish mashinalari presslash qismlarining vazifasi va ularga qo'yilgan talablar, press turlari, shuningdek, presslashni effektivligini aniqlovchi faktorlar ko'rsatib o'tilgan
- Qogʻozlarni quritish: Quritish jarayonining umumiy ma'lumotlari, ko'p silindrli quritish qurilmalari, quritish setka va sukno, shuningdek, qog'oz polotnoni uzdirmasdan oʻtkazish usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Qogʻoz va kartonlarga ishlov berish texnologiyasi: Qog'oz va kartonlarga ishlov berish usullari, jumladan, mexanik qayta ishlash, superkalandrda ishlov berish, loshlash, tekislash va yuzasida har xil figuralar hosil qilish kabi jarayonlar batafsil yoritiladi.
- Paxta sellulozasi va qogʻoz ishlab chiqarishda ishlatiladigan suvlarni tayyorlash: Paxta sellulozasi va undan qogʻoz olishda hosil boʻlgan oqova suvlarni tozalash usullari, suvni tozalashning standartlari va texnologiyalari haqida ma'lumotlar beriladi.
- Paxta momigʻidan selluloza va qogʻoz ishlab chiqarishda kimyoviy nazorat: Standartlash va mahsulot sifati, mahsulotlarni sertifikatsiyalash, paxta sellulozasi va qog'ozini olishda ishlatiladigan suvlarni va tolalarni analiz qilish usullari batafsil yoritiladi