Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
Ushbu kitob O'zbekistonning demokratik jamiyat qurish yo'lidagi nazariy va amaliy asoslarini o'rganadi. Unda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi, huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi masalalar tahlil etilgan. Kitob talabalarga, tadqiqotchilarga va keng ommaga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Fanning o'rganish obyekti, uslubi, zarurligi, maqsadi va vazifalari bayon etiladi. Fanning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi va ahamiyati ko'rsatilgan.
- Demokratik jamiyat to'g'risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari: O'zbekiston zaminida adolatli jamiyat to'g'risidagi dastlabki qarashlar, IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish haqidagi g'oyalar, XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning «sovetcha» ko'rinishi hamda milliy mustaqillik va O'zbekistonning demokratik oʻzgarishlar sari yo'li yoritilgan.
- Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishining «oʻzbek modeli»: Demokratik jamiyat qurishning turli xil milliy modellari, Oʻzbekistonda uning oʻziga xos xususiyatlari, Islom Karimovning «Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli» asarining ahamiyati, dunyoviy davlat qurishda «Oʻzbek modeli»ning roli haqida ma'lumot berilgan.
- Qonun ustuvorligi - demokratik, fuqarolik jamiyati qurishning asosi: Oʻzbekistonda demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining mohiyati, mazmuni hamda uning mustahkamlanishi, davlat hokimiyati tizimining boʻlinish prinsipi va Oʻzbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi kabi masalalar bayon qilingan.
- Milliy-ma'naviy negizlarga tayanish – demokratik jamiyat qurishning zaruriy sharti: Milliy-ma'naviy negizlar tushunchasi, mazmuni va mohiyati hamda mustaqillik, demokratik jamiyat qurilishida uning yangicha mazmun kasb etishi, yangi milliy davlatchilik, jamiyat qurilishida milliy-ma'naviy negizlarga tayanish zarurati hamda unga zid jarayonlarga qarshi kurashish yoritilgan.
- Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish: Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va uning mazmuni, O'zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va ularning oʻziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta'minlash - demokratik jamiyat rivojining zarur sharti kabi savollar muhokama qilingan.