Bino va inshoatlrni sinash metrologiyasi
Ushbu kitob qurilish materiallari va konstruksiyalarini sinash usullari, geodezik o'lchovlar, fotogrammetriya, termik tahlil va boshqa metodlar yordamida tekshirishga bag'ishlangan. Kitobda statik va dinamik yuklar ostida sinashning nazariy va amaliy masalalari, sinashni tashkil etish, ishlatiladigan asbob-uskunalar, konstruksiyalarning zo'riqish deformatsiyasi holatini aniqlash, sinov natijalarini qayta ishlash va taxlil qilish kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Radiatsiya usullari va betatronlar: Rentgen apparatlari va betatronlar, gamma nurlanishidan foydalanish, radiografik va radiometrik usullar.
- Magnitli va elektromagnit usullar: Qurilish materiallari va konstruksiyalarni magnitli va elektromagnit usullar, elektr usullari, radiodefektoskopiya va infraqizil defektoskopiya orqali sinash.
- Geodeziya usullari: Qurilish inshootlarini muhandislik geodeziyasi usullari bilan sinash, geodezik usullar, gidrostatik nivelirlash va shovunlar.
- Fotogrammetriya usullari: Inshoot va konstruksiyalarni muhandislik fotogrammetriya usullari bilan sinash, fotogrammetrik tasvirga olishning mohiyati va ishlash tamoyili.
- Termik tahlil: Termik tahlil, differensial-termik tahlil, tahlilni bajarishning uslubiy xususiyatlari, tekshirishning elektron mikroskop usuli, spektral tahlil, alangali fotometriya usuli.
- Kalorimetrik usullar: Kalorimetrik usullar.
- Dispers sistemalarni o'rganish: Dispers sistemalarni tekshirish usullari, materiallarning g'ovakli tuzilishini aniqlash usullari.