Gap strukturasi xususiyatlarining o’rganilishi
Kitobda gap tuzilishi va uning funksional xususiyatlari, sintaktik xususiyatlari, aktual bo'laklari, mazmuniy sintaksisning o'rganilishi, derevatsiya, transformatsiya kabi mavzularga to'xtalib o'tilgan. Amerika tilshunoslarining til strukturalariga doir qarashlari bilan solishtirilgan holda gapning tuzilishini o'rganishning ahamiyati tahlil qilingan. Unda gap sintaksisi an'anaviy tilshunoslikdan farq qilishi va gap faqat bo'laklarning bir-biriga mos kelishi orqali tuzilmasdan, nutqiy vaziyat ham muhim o'rin tutishi yoritilgan. Kitob davomida gap strukturasining shakllanishida muhim rol o'ynaydigan omillar ko'rsatib o'tilgan.
Asosiy mavzular
- Gapda sintaktik xususiyatlarning o'rganilishi: Gapning struktur jihatdan o'rganilishi, bevosita ishtirokchi (BI)larga ajratish metodini ko'rib chiqish, semantik va struktur butunlik gapning ma'nosini ochib berishi, BI metodi professor N. Turniyozov talqinida yoritilishi.
- Shakl va mazmun munosabatining o'rganilishi: Amerika strukturalizmida BI tahlili metodining zaif tomonlarini bartaraf etish uchun transformatsion metodning kashf etilishi, uning nuqsonlari, sintaktik nuqtayi nazardan ichki tub strukturani topish va transformatsion metodning joriy etilishi.
- Gapning aktual bo'laklari: Praga tilshunoslik maktabida funksional tahlil, N.S.Trubetskoy, V.Matezius, A.Martine kabi tilshunoslarning xizmatlari, gapning aktual bo'laklari nazariyasi, jumlaning nutq muhitiga munosabati, asosiy urg'u, psixologik subekt va psixologik predikat tushunchalari.
- Mazmuniy sintaksisning o'rganilishi: Elmslevning tillar uchun umumiylik haqidagi qarashlari, ma'no ifodasining materialini substanstiya tushunishi, shakllarning turlicha ekanligi, grammatik ma'nolarni shakllar orqali berish, modal ma'nolar, gap bo'laklarining ifodalanish xususiyatlari.
- Derevatsiya: I.N.Murzin sintaktik derevatsiya hodisasi, transformatsiya hodisasi ustuvor ahamiyat kasb etishi, natijasi derivatsiyaga olib kelishi. V.S.Xrakovskiy derivatsiyaga transformatsiyadan farqlanishi, derevatsiya va transformatsiya boshqa hodisalar, sintaktik derevatsiya hodisasini transformatsiyadan ayri holda tushunish qiyinligi.