Ижтимоий оила педагогикаси
Ushbu o'quv qo'llanma ijtimoiy va oila pedagogikasining predmeti, ijtimoiy pedagogning faoliyati, ish xususiyatlari, oila bilan olib boriladigan ishlari, ijtimoiy pedagogik tadqiqot bosqichlari haqida ma'lumot beradi. O'smirlik davrida zararli odatlarning paydo bo'lishi, oilada bolani tarbiyalash usullari, ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, ota-ona obro'si haqida materiallar keltirilgan. Qo'llanma maktabgacha ta'lim va bolalar sporti yo'nalishi bo'yicha talabalarga semestrlararo topshiriq bajarishga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Barkamol shaxsni tarbiyalash omillari: Kadrlar tayyorlash milliy dasturida barkamol shaxsni shakllantirishning yangi ijtimoiy yo'naltirilgan modeli, I.A.Karimov asarlarida barkamol avlod shaxsini tarbiyalash, bozor munosabatlariga o'tish sharoitida ijtimoiy tarbiyaning amalga oshirish zarurati va ijtimoiy pedagogik kam himoyalangan toifalarga yordam ko'rsatishning omillari.
- Ijtimoiy tarbiyada mahallaning roli: Tarbiyani insonparvarlashtirishning omillari, bolalarni xulq-atvor malakalarini shakllanishida qadriyatlarning roli, bolalik-insonning ijtimoiy hayot me'yorlarini egallash davri va ijtimoiy tarbiya berishda mahallaning roli.
- Ijtimoiy pedagogning ish mazmuni: Mahalla fuqarolar yig'inida ijtimoiy pedagogning jamoa bilan ishlashi, mahalla fuqarolar yig'inida ijtimoiy pedagogning aholi bilan ishlashi va mahalla fuqarolar yig'inida ijtimoiy pedagogning kam ta'minlangan oilalar bilan ishlashi.
- Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og'ir bolalar bilan ishlashi: Ichkilikboz oilalar va unda bolalar tarbiyasi, giyohvand oilalar va unda bolalar tarbiyasi, tarbiyasi og'ir oilalar va unda bolalar tarbiyasi.
- Mehr-ibonlik uylarida bolalar tarbiyasi: Bola shaxsi namoyon bo'lishi uchun sharoitlar yaratish, Mehr-ibonlik uylarida tarbiyachining ish mazmuni, ijtimoiy pedagogning mehribonlik uylarida tarbiyaning barcha sohalaridagi ishtiroki va tarbiyachilar bolalar va ota-onalarga pedagogik ijtimoiy yordam ko'rsatish.
- Ijtimoiy pedagogning oila bilan olib boradigan ishlari: Ijtimoiy pedagogikaning oila bilan ishlashi, oiladagi munosabatlarni insonparvarlashtirish, ota-onalar bilan pedagogik ma'rifiy ishlar va oilada bolaga talablar birligi oilaviy hayotni to'g'ri tashkil etish.
- Deviant xulq-ijtimoiy pedagogik muammo sifatida: O'smirlik yoshida deviant xulqning paydo bo'lish sabablari, giyohvandlik muammosi, o'smirlik yoshida giyohvandlikning o'ziga xos tomonlari, giyohvandlikning sabab-oqibatlari va giyohvand oilalarda bolalar tarbiyasi.
- Inson kamoloti yo'lida oila muammolari: Oila va hayot, oila va oilaviy tarbiyaga munosabatning o'zgarishi, oila tarixi, oilaning shakillanish bosqichlari, oila turlari va oila haqida ulug' mutafakkirlarning qarashlari.
- XXI asr oilasida bolalarni ma'naviy axloqiy tarbiyalash muammolari: XXI asrda oila, oila yuritish, bozor iqtisodi sharoitida oila tarbiyasi muammolari, oilani rejalashtirish, oilada iqtisodiy tarbiya masalining hal etilishi, XXI asrda oilada bolalarni to'g'ri tarbiyalash muammolari va oilada ota-ona va oila a'zolarining hamjihatligi, hamfikirlik va qadriyatlarning ustivorligi.
- Ijtimoiy tarbiya va oila: Bolalarni oilada tarbiyalash muammolari, bolalarni to'g'ri tarbiyalashda oila maktab va jamoatchilikning hamkorligi va bolalarni to'g'ri tarbiyalashda ota-onalarning vazifalari.
- Iqtidorli bolalar va yoshlar bilan ishlash muammolari: Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtidorlit bolalarga yaratilaetgan shart-sharoitlar, iqtidorli bolalarni izlab topish va qo'llab quvvatlash to'g'risida qilinayotgan ishlar, iqtidorli bolalar va yoshlar bilan ishlash muammolari va eshlarni ijtimoiy iqtisodiy va huquqiy kafolatlari.
- Oila muhiti: Ta'lim tizimida maktabgacha ta'limning o'rni, maktabgacha ta'limda yaratilgan imkoniyatlar, maktabgacha ta'limga ta'sir etuvchi salbiy holatlar, tarbiyachiga qo'yiladigan talablar.