O‘zbekiston tarixi

Ushbu kitob O'zbekiston tarixining 1917-1991 yillar oralig'idagi davrini qamrab olgan. Unda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi muhim voqealar, o'zgarishlar va taraqqiyot tendentsiyalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar: Turkiston xalqlarining asriy orzusi, 1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston, Sho'roi Islomiya va Sho'roi Ulamo tashkilotlari, I va II Umumturkiston qurultoylari haqida ma'lumot berilgan. Rossiya mustamlakasi va unga qarshi kurashlar yoritilgan.
  • Turkistonda sovet hokimiyatining oʻrnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash. Turkiston Muxtoriyati: 1917-yilgi oktabr to'ntarishi va uning Turkiston xalqlari hayotiga ta'siri, Turkistonda sovet hokimiyatining zo'rlik bilan oʻrnatilishi, Turkiston Muxtoriyatining e'lon qilinishi, Turkiston Muxtoriyatining halokati, uning saboqlari yoritilgan.
  • Turkistonda sovetlar boshqaruvi tizimining mustahkamlanishi: Turkiston Sovet Avtonom Respublikasining tuzilishi, O`lkada bolsheviklar hukmronligining kuchayishi, Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati, uning oqibatlari, Madaniy hayot haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat: Sovet hokimiyatiga qarshi harakatning yuzaga kelishi, Farg'ona vodiysida qarshilik koʻrsatish harakati, Sovet hokimiyatiga qarshilik harakatining mag'lubiyati sabablari, saboqlari yoritilgan.
  • Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning oʻsib borishi. Xonlik va amirlikning qulashi: Xiva xonligida ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Yosh xivaliklar faoliyati, Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi. Buxoro amirligidagi vaziyat. Yosh buxoroliklar harakati. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi yoritilgan.
  • Milliy siyosat va davlat qurilishi masalalari: Sovet hokimiyatining milliy siyosati, Milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari, O`zbekiston SSRning tashkil etilishi tahlil qilingan.
  • Iqtisodiy siyosat. Yer-suv islohotlari. Sanoatlashtirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati: Turkistonda yangi iqtisodiy siyosat, Yer-suv islohotlari, O`zbekistonda sanoatlashtirish va uning oqibatlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Respublika qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish va uning oqibatlari: Qishloqda jamoalashtirish sari yo'l tutish, Ommaviy jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari, Jamoa xoʻjaliklarining moddiy-texhik bazasini mustahkamlash va suv inshoatlari qurilishi yoritilgan.
  • O`zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy-ma'rifiy siyosat: mazmun va mohiyati: Xalq ta'limidagi oʻzgarishlar, Oliy va oʻrta maxsus ta'lim hamda ilm-fan, Hujum harakati, Madaniy va adabiy jarayon haqida ma'lumot berilgan.
  • Qatagʻonlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari: Totalitar tuzumning kuchayishi, Milliy kuchlar safining boʻlib tashlanishi, Ziyolilarning quvgʻin qilinishi, Inson huquqlari va erkinliklarining poymol etilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • O`zbekistonning urush girdobiga tortilishi. Ma'naviy va moddiy kuchlarning frontga safarbar etilishi: Urushning boshlanishi, uning sabablari va xarakteri, O`zbekistonning urush girdobiga tortilishi, Harbiy va mehnat safarbarligi, O`zbeklarning insoniylik fazilatlari yoritilgan.
  • O`zbekiston sanoati va qishloq xoʻjaligi front xizmatida: O`zbekiston sanoati va transporti front xizmatida, O`zbekiston qishloq xoʻjaligi front xizmatida, Urush yillarida aholi turmushi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Urush yillarida fan, maorif va madaniyat. O`zbekistonning qardosh xalqlarga baynalmilal yordami: Ilm-fan va adabiyot g'alaba uchun xizmatda, Urush yillarida maorif va oliy ta'lim, Ommaviy axborot vositalari va san'at front xizmatida, O`zbekistonning qardosh xalqlarga baynalmilal yordami yoritilgan.
  • “Qayta qurish” siyosati va uning barbod boʻlishi. O`zbekistonnning davlat mustaqilligini qoʻlga kiritish tomon yoʻl tutishi: “Qayta qurish” siyosati va uning barbod boʻlishi, O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, O`zbekistonning davlat mustaqilligini qoʻlga kiritish tomon yo'l tutishi tahlil qilingan.