Қизилўнгач ва меъданинг функционал касалликлари. Сурункали гастритлар.
Ushbu kitob qizilo'ngach va me'daning funksional kasalliklari, xususan surunkali gastritlar haqida ma'lumot beradi. Ma'ruzada kasallikning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostika usullari, davolash va oldini olish choralari keng yoritilgan. Kitob tibbiyot institutlarining talabalari uchun zamonaviy adabiyot manbalaridan foydalanilgan holda yozilgan. Ma'ruzada kasallikning zamonaviy tasnifi, tashxislash mezonlari va davolash usullari batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Surunkali gastritning etiologiyasi va patogenezi: Kasallikning rivojlanishida xavf omillari, zamonaviy qarashlar, patomorfologiyasi, xususan Xeliko bakterial infektsiya, autoimmun omillar, duodenogastral reflüks, dori-darmonlar ta'siri, alimentar omillar, alkogol va chekishning roli yoritilgan.
- Surunkali gastritni tashxislash usullari: Kasallikni to'g'ri tashxislash uchun zamonaviy usullar, klinik belgilar, laboratoriya va asbobli tekshirishlarning ahamiyati, xususan qonni umumiy va biokimyoviy tahlili, me'da shirasi tahlili, rentgenografiya, endoskopik tekshirish usullari va me'da shilliq qavatini biopsiyasi batafsil ko'rib chiqilgan.
- Surunkali gastritni davolash va oldini olish: Kasallikning turiga mos dorivor va dorivorsiz davolash usullari, xususan etiologik davolash, me'da sekretsiyasini korrektsiyalash, motorli buzilishlarni bartaraf etish, reaparativ va regenerativ jarayonlarni stimullash, fitoterapiya va fizioterapiya usullari, mineral suvlar bilan davolash va sanatoriy-kurortlarda davolash imkoniyatlari ko'rsatilgan. Kasallikni oldini olish choralari batafsil yoritilgan.
- Qizilo'ngach diskineziyalari: Qizilo'ngach atoniyasi, uning innervatsiyasini buzilishi bilan bog'liq rivojlanishi, markaziy, shuningdek periferik NS shikastlanishlarida, bosh chanoqi-miya jaroxatlarida, miyaga qon quyilishlarda va miya o'smalarida, polomiyelitda, vagus shikastlanishlarida, qizilo'ngachning nerv tutamlari shikastlanishlarida va boshqalarda kuzatiladi. Qizilo'ngachning statik diskineziyasi, shuningdek har xil sabablardan kelib chiqadi. Qizilo'ngach atoniyasi va shuningdek ezofagospazmning asosiy belgisi – disfagiya - quruq yoki yaxshi chaynalmagan ovqatni, ayniqsa yotgan holatda ovqat iste’mol qilishda, qizilo'ngachdan luqmaning o'tishi qiyinlashadi. Tanasining engashishlarida me’dadagi ximusning regurtitatsiyasi tufayli kekirish va luqmaning og'izga qaytishi kuzatiladi. Ezofagospazmda disfagiya paradoksal kechadi suyuq ovqat iste’mol qilganda kuzatiladi va qattiq (quruq) ovqat eganda kuzatilmaydi. Yutishda to’sh ortida og'riq kuzatilishi mumkin. Ezofagospazmda qizilo'ngachning spastik qisqarishlari natijasida me’daning kardial qismi yuqoriga tortiladi va xastalik diafragmaning qizilo'ngach teshigi churrasi bilan asoratlanadi.