Инфрақизил спектроскопия

Ushbu kitob infraqizil spektroskopiya usullarini o'rganadi. Unda molekulalarning tebranish harakatlari, molekulyar spektlarning fizikaviy asoslari, aylanma harakat spektlari va tebranish harakat spektlarining xususiyatlari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, turli xil molekulalarning spektral xususiyatlari, atomlararo bog'lanishlar va molekulyar tuzilish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Infraqizil spektroskopiya: Molekulalarning tebranma harakatlarini tahlil qiladi, molekulalarning eng oddiysi ikki atomli bo'lgani uchun avvalo shunday molekulalar ko'rib chiqiladi. Bu molekulani oddiy garmonik osilator deb qarashimiz mumkin. Garmonik osilyator - bu sinusoidal qonuniyati bilan tebranayotgan jism bo'lib, bu jismga ta'sir qiladigan kuch jismning muvozanat holatidan siljishiga proportsionaldir.
  • Molekulyar spektirlarga fizikaviy nuqtai nazar: Molekulalar atomlarga qaraganda ancha murakkab tuzilgan, shu sababli ularning spektirlari ham murakkabdir. Har qanday molekulaning energetik holatlari birinchi navbatda uning tuzilishi bilan belgilanadi.
  • Tebranma harakat spektrlari: Molekulalarni tashkil etuvchi atomlar muttasil ravishda bir - biriga nisbatan tebranib turadi. Tebranma harakatning asosiy qoidalarini o'rganish uchun ikkita bir xil bo'lmagan atomdan tashkil topgan molekulani ko'rib chiqamiz. Agar bu molekulaga qo'shimcha energiya berilsa, atomlari muvozanat holati atrofida tebrana boshlaydilar.