Гўшт маҳсулотлари ишлаб чиқариш корхоналарининг жиҳозлари

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasida chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining texnik jihozlanish darajasini oshirish, so'nggi yillarda amalga oshirilgan ishlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanma, go'sht va go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarining jihozlari, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari haqida ma'lumot beradi. Kitob kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Mashina mexanizmlarining detallari: Mexanizmlarning asosiy turlari, richagli, kulachokli, shesternyali, vintli, friktsion, egiluvchan va elektrik mexanizmlar haqida ma'lumot beriladi. Kinematik juftliklar va zanjirlar tushuntiriladi.
  • Konstruktsion materiallar: Mashina detallarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar, po'latlar, cho'yanlar, rangli metallar va ularning qotishmalari, plastmassalar, rezina, yog'och va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Qora metallar - po'lat va cho'yanlarning xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
  • Yuritma va ularning asosiy tavsiflari: Mashinalarning mexanik energiya manbaidan ish bajaruvchi qismiga zarur bo'lgan quvvatni uzatuvchi mexanizmlar yig'indisi, yuritma tushunchasi, kinematik hisoblash, mexanik yuritma elementlarining sxemalarda belgilanishi.
  • Transport-texnologik uskunalar: Hayvonlarni tashish, qabul qilish va so'yish oldidan ushlab turish qurilmalari, chorva mollarni so'yishga tayyorlash jihozlari, tashish usullari, вагон-рефрижераторлар, korxona ichida harakatlanuvchi transport vositalari.
  • Go'sht va go'sht mahsulotlariga mexanik ishlov berish jihozlari: Terini shilish va unga ishlov berish jihozlari, chorva mollarni so'yishga tayyorlash jihozlari, zanjirli o'ma elevatorlar, mol va cho'chqa terisini shilish qurilmalari, ichak va qorin bo'shlig'ini ochish, boshni ajratish va o'likni tekshirish uskunalar.
  • Ichaklarga ishlov berish jihozlari: Ichaklar qayta ishlashga yo'g'on va ingichka ichak, qizilo'ngach, siydik pufagi, cho'chqada esa oshqozondan tashkil topgan komplektda keladi. Ularga mexanik ishlov berish operatsiyasi va mashinalari.