Физика курси

Ushbu kitob fizika fanining asosiy qismlarini o'z ichiga olgan darslik bo'lib, unda mexanika, elektromagnitizm, optika, atom va yadro fizikasi kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitob nazariy ma'lumotlar bilan birga amaliy misollar, masalalar yechish usullari va laboratoriya ishlari uchun ko'rsatmalar beradi. Shu bilan birga, har bir bob so'ngida nazorat savollari berilgan bo'lib, talabalarning bilimini mustahkamlashga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Mexanika: Ushbu bo'limda kinematika, dinamika, statika, moddiy nuqta harakati, absolyut qattiq jism, inersiya markazi, impulsning saqlanish qonuni, kuch momenti kabi mavzular ko'rib chiqiladi.
  • Elektromagnitizm: Elektromagnit maydon, elektr va magnit o'zaro ta'sirlari, Kulon qonuni, elektr maydon potensiali, dielektriklar, magnit maydon induksiyasi, Lorens kuchlari, elektromagnit induksiya hodisasi, o'tkazgichning induktivligi, magnit maydon energiyasi kabi mavzular o'rganiladi.
  • Optika: Geometrik optika, yorug'likning to'g'ri chiziqli tarqalish qonuni, yorug'likning qaytishi va sinishi, linzalar, yorug'lik interferensiyasi va difraksiyasi, qutblanish, yutilish spektrlari kabi mavzular yoritiladi.
  • Kvant fizikasi: De-Broyl to'lqini, noaniqlik munosabatlari, to'lqin funksiyasi, Shredinger tenglamasi, erkin zarrachaning harakati, atomning tuzilishi, kvant sonlar, Pauley prinsipi, Yadro fizikasi va radioaktivlik, yadro reaksiyalari kabi mavzular ko'rib chiqiladi.
  • Molekulyar fizika va termodinamika asoslari: Ideal gaz qonunlari, barometrik formula, molekulyar kinetik nazariya va termodinamikaning asosiy tenglamasi, Broun harakati, Bolsman taqsimoti, termodinamika birinchi va ikkinchi qonunlari batafsil yoritilgan.
  • Qattiq jismlar fizikasi: Qattiq jismlarning magnet hususiyatlari, metallarning elektr o'tkazuvchanligi, yarimo'tkazgichlarning elektr o'tkazuvchanligi tushuntiriladi. Shuningdek, yarimo'tkazgichlar ta'siriga muhit ta'siri izohlab beriladi.