Mexanika, molekulyar fizika, elektrostatika va o’zgarmas tok
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Fizika va Elektrotexnika" kafedrasi tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar matnidir. U fizika kursining mexanika, molekulyar fizika, elektrostatika va o'zgarmas tok bo'limlariga bag'ishlangan. Kitob oliy texnika o'quv yurtlari, shu jumladan, kimyo-texnologiya yo'nalishi bo'yicha ta'lim oluvchi bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, talabalarning mexanik hodisalar, gaz qonunlari, elektrostatik maydon va o'zgarmas tok qonunlarini o'zlashtirishlarida zarur qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- Mexanika: Moddiy nuqta kinematikasi, Nyuton qonunlari, kuchlar, impuls va energiya, aylanma harakat dinamikasi, garmonik tebranishlar va to'lqinlar.
- Molekulyar fizika: Termodinamika asoslari, ideal gaz qonunlari, molekulyar-kinetik nazariya, erkinlik darajasi, ichki energiya, issiqlik sig'imi, adiabatik jarayon, gaz molekulalarining tezlik bo'yicha taqsimoti, barometrik formula, Boltsman taqsimoti, qaytar va qaytmas jarayonlar, Karno sikli.
- Elektrostatika: Elektr maydon, Kulon qonuni, elektr maydon kuchlanganligi, superpozitsiya printsipi, elektr maydon ishi, potentsial, ekvipotentsial sirtlar, Gauss teoremasi, o'tkazgich va dielektriklarda elektrostatik maydon, elektr sig'imi, kondensatorlar, elektrostatik maydon energiyasi, dielektriklarning polyarizatsiyasi.
- O'zgarmas tok: Tok kuchi va zichligi, Om qonuni, elektr yurituvchi kuch, Kirxgof qoidalari, tokning ishi va quvvati.