Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi
Ushbu oʻquv qoʻllanma boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasiga bagʻishlangan boʻlib, pedagogika va amaliy fan sifatida yoritiladi. Unda ona tilini oʻqitish metodikasining predmeti, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, DTS talablari, tamoyillari va oʻqitish metodlari kabi masalalar batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Ona tili oʻqitish metodikasi – pedagogik fan: Ona tili oʻqitish metodikasining predmeti va vazifalari, boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi fanining asosiy boʻlimlari, ona tili oʻqitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi, pedagogika, psixologiya, umumdidaktika, ona tili, oʻzbek adabiyoti fanlari bilan aloqasi.
- Ona tili o'qitish metodikasi tamoyillari, tekshirish metodlari: Tilning aloqa vositasi ekanligi, ona tili o'qitish metodikasi fanining ilmiy asoslari va uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi, ona tili o'qitish tamoyillarini ishlab chiqish haqida umumiy ma'lumot, metodika va ta'lim-tarbiya, ona tili o'qitish metodikasi tamoyillari, tamoyil o'qituvchi va o'quvchining mehnati muvofiqligidir.
- Ona tili – boshlang'ich sinflarda o'quv fani: Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tarixidan, ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy fanlardan biridir, boshlang'ich sinf ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni, dastur bo'limlari, xususiyatlari.
- Savod o'rgatish metodikasi: Savod o'rgatish mutodikasining psixologik va lingvistik asoslari, savod o'rgatish, uning maqsad va vazifalari, savod o'rgatish metodlari, o'qish va yozish nutq faoliyatining turi, o'zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi, o'qish va yozish jarayoniga psixo-fiziologik tavsif, o'qish va yozishga o'rgatishning o'ziga xos xususyatlari, ahamiyati.
- Sinfda o'qish metodikasi: Sinfda o'qish darslarining ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari, o'qish darslarining ta'lim-tarbiyaviy xususiyatlari, sinfda o'qish darslarining maqsad va vazifalari, o'qish malakasining shakllanish bosqichlari, yaxshi o'qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo'llari, yaxshi o'qish malakasi sifatlarini egallashning ta'limiy va ma'naviy ahamiyati.
- Badiiy asarni tahlil qilish: Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan badiiy adabiyot janrlari, badiiy asarni tahlil qilishdagi metodik shartlar, boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari, kichik yoshdagi o'quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari, asarni tahlil qilishning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati.
- Sinfdan tashqari o'qish metodikasi: Sinfdan tashqari o'qishning maqsad va vazifalari, o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qishni tashkil etish, sinfda va sinfdan tashqari o'qishning bog'liqligi, sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlash tamoyillari va mavzulari, sinfdan tashqari o'qishga rahbarlik shakllari, xususiyatlari.