Arab tilining Misr lahjasi

Ushbu qoʻllanma Toshkent islom universiteti Sharq tillari kafedrasi oʻquv rejasiga muvofiq boʻlib, zamonaviy arab adabiy tilining asosiy qoidalarini oʻzlashtirgan III–IV kurs talabalariga moʻljallangan. Shuningdek, mutahassislar uchun ham Misr lahjasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma sifatida xizmat qiladi. Qoʻllanma 30 ta darsdan iborat. Har bir dars nazariy va amaliy qismga boʻlinadi. Darsning nazariy qismi grammatik va leksik materiallarni oʻz ichiga oladi. Amaliy qismida ogʻzaki bajarish uchun mashq berilgan. Misr lahjasi arab tili lahjalarining sharq guruhiga kiradi. U arab adabiy tilidan fonetik, leksik va grammatik qurilishi jihatidan farq qiladi. Misr lahjasi Misr arab respublikasi aholisining barcha qatlamlari uchun oddiy kundalik soʻzlashuvdan tortib, hattoki rasmiy muzokaralarda ogʻzaki shakldagi muloqot vositasidir. Misr lahjasi kino, teatr, radio eshittirish, televizyon koʻrsatuvlar, badiiy adabiyot va davriy matbuotda arab adabiy tili bilan birga qoʻllanib kelinmoqda. Ayni sabab tufayli deyarli barcha arab davlatlarida Misr lahjasini tushunadilar.

Asosiy mavzular

  • Arab tilidagi tovushlar tizimi: Misr lahjasidagi tovushlar talaffuzining o'zbek va ingliz tillaridagi tovushlarga nisbatan qiyosi.
  • So'z turkumlari: Kishilik olmoshlari, ko'rsatish olmoshlari va egalik qo'shimchalari.
  • Fe'l: Fe'llarning tuslanishi, o'tgan zamon, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllari
  • So'roq gaplar: So'roq gaplar va ularning intonatsiyasi.
  • Leksik materiallar: Darslikda mavjud bo'lgan so'zlar, iboralar va ularning tarjimalari.