Қўшимча шарқ тили (Араб тили)

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Qo'shimcha sharq tili (arab tili)" fanidan olingan o'quv dasturidir. Dasturda arab tilining fonetikasi, grammatikasi, leksikasi, morfologiyasi va sintaksisi kabi asosiy jihatlari o'rganiladi. Talabalarning arab tilini o'rganishga qo'yilgan talablar asosida arapcha matnlarni o'qib mazmunini bayon qilishi, o'ta murakkab bo'lmagan matnlarni o'zbek tilidan arap tiliga yoki arap tilidan o'zbek tiliga lug'atsiz, mustaqil tarjima qilishlarini o'rgatishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Arab tili boshqa tillardan farqi, uning fonetikasi, grammatik qurilishi va leksik tuzilishi. Talabalarga arab tilini qo'shimcha sharq tili sifatida o'rgatishning ahamiyati.
  • O'quv fanining maqsadi va vazifalari: Talabalarni arab tili leksikasi, so'zlarining tuzilishi, lug'atlari va boshqa xususiyatlari haqida bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish.
  • Talabalarning bilimiga, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talablar: Morfologik tuzilishi, tovush tizimi, tarjima amaliyoti, grammatika asoslari, tilning rivoji va til doirasidagi ekstra-lingvistik shakllanishning asosiy faktorlari haqida bilimga ega bo'lish.
  • Ёзув (графика): Arab alifbosidagi harflarning o'ziga xos hususiyatlari, ularni yozish qoidalari, harakatlar(unli harflar)ning ifodalanishi
  • Морфология: So'z turkumlari, otlar, sifatlar, sonlar, olmoshlar va fe'llar haqida tushunchalar beriladi. Ularning grammatik hususiyatlari batafsil tushuntiriladi.