Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universitetining iqtisodiyot yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda iqtisodiyot nazariyasining asosiy masalalari, ishlab chiqarish jarayonlari, bozor iqtisodiyoti, moliya-kredit tizimi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kabi mavzular yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari: Ushbu mavzu ishlab chiqarish omillari, yalpi milliy mahsulot (YaMM) va uning tarkibi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishning yangilanish shart-sharoitlarini o'z ichiga oladi.
- Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari: Ushbu mavzu ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning umumiy belgilari, turlari, xususiyatlari, aralash iqtisodiyot, mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk ob'ektlari va sub'ektlari, mulk turlari, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish masalalarini qamrab oladi.
- Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir: Bu mavzu natural va tovar ishlab chiqarish, tovar va uning xossalari, pulning vujudga kelishi, mohiyati va asosiy vazifalari, qiymat qonunini o'rganadi.
- Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi: Bozor iqtisodiyotining mohiyati, asosiy belgilari, turlari va O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos yo'li ushbu mavzuda yoritilgan.
- Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning o`zbekistondagi xususiyatlari: Mavzu o'tish davrining xususiyatlari, islohotlarni amalga oshirish yo'nalishlari va makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalarini ko'rib chiqadi.
- Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati: Ushbu bobda talab va uning miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar, taklif, taklif qonuni va omillar, talab miqdori va taklif miqdori o'rtasidagi nisbat masalalari ko'riladi.
- Raqobat va monopoliya. Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari: Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari, narxning mazmuni va vazifalari, narx turlari, O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik, narx siyosati haqida ma'lumotlar beriladi.
- Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi: Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyatining shakllari, tadbirkorlik kapitalining xarakati va uning bosqichlari, tadbirkorlik kapitalining aylanishi, asosiy va aylanma kapital, asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanish samaradorligi mavzulari yoritilgan.
- Korxona (firma) xarajatlari va foydasi. Ish haqi va mehnat munosabatlari: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi, qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining o`zgarish tamoyillari, foydaning mazmuni, foyda normasi va massasi, yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari, ish haqining iqtisodiy mazmuni, ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari, mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli masalalari ko'rib chiqilgan.
- Agrar munosabatlar va agrobiznes: Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Renta munosabatlari Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi Agrobiznes va uning turlari mavzulari qamrab olingan.
- Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o`lchamlari. Yalpi talab va yalpi taklif: Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy o`lchamlari Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari Yalpi milliy mahsulotni hisoblash usullari Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta'sir qiluvchi omillar, Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta'sir qiluvchi omillar, Yalpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi muvozanatlik xamda uning uzgarishi mavzulari yoritilgan.
- Iste'mol, jamg`arma va investitsiyalar: Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o`zaro bog`liqligi Jamg'arishning mohiyati, omillari va samaradorligi Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar mavzulari ko`rib chiqilgan.
- Iqtisodiy o`sish va milliy boylik. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati: Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari Iqtisodiy o`sishning omillari Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi, Iqtisodiy muozanatlik, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari, Iqtisodiy mutonosiblik va uning turlari O`zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o`zgartirishdagi vazifalar haqida ma'lumotlar berilgan.
- Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik. Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik: Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari, Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari, O`zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o`zgartirishdagi vazifalar, Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning sikliligi. Iqtisodiy inqirozlar, Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari, Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta'siri haqida ma'lumot berilgan.
- Moliya va pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi, Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari Soliq tizimi va uning vazifalari Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo`lgan talab va pul taklifi, Inflyatsiya, uning mohiyati va turlari, Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari, O`zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari o`rin olgan.
- Bozor iqtisodiyotida davlatning roli. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati: Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari Davlatning iqtisodiyotga ta'sir qilish usullari va vositalari, Aholining daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko`rsatkichlari, Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash, Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo`nalishlari mavzulari haqida.
- Jahon xo`jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi: Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari, To`lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.