Махсус филологияга кириш (араб тили)
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Maxsus filologiyaga kirish (arab tili)" fanining o'quv dasturi hisoblanadi. Dastur arab tili filologiyasiga kirish, uning tarixi, rivojlanishi, hozirgi holati, shuningdek, arab tilining boshqa tillar bilan aloqalari kabi masalalarni qamrab oladi. Kitobda arab tili va adabiyotining O'zbekistondagi o'rganilishi tarixi ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Arab filologiyasiga kirish fanining dolzarbligi, fanning arab tilshunosligi masalalarini hal qilishdagi ahamiyati, arab adabiy tilining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, arab mamlakatlaridagi til siyosati va arabshunoslik masalalari haqida bilim berish.
- O'quv fanining maqsadi va vazifalari: Talabalarda arab adabiy tili, arab yozuvi va adabiyotining paydo bo'lishi, arab filologiyasining tarixiy rivojlanishi va jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorligi haqida bilim, ko'nikma va malakani shakllantirish. Talabalarga arab tilida yozilgan ilmiy, badiiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlarni o'qiy olish, tushunish va arab tilining jahon tillari orasidagi o'rnini bilishga o'rgatish.
- Fanning talablar: Arab filologiyasi va uning vazifalari haqidagi ma'lumotlar, xom-som tillari oilasi haqida va ularning rivojlanish bosqichlari, qadimgi va hozirgi zamondagi arab davlatlari haqidagi ma'lumotlar. Arabshunoslik bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan olimlar haqida bilish kerak; Arab adabiy tili, uning paydo bo'lishi va rivojlanish davrlari haqida, arab yozuvi, uning turlari, adabiyoti va arab she'valari haqidagi dastlabki ko'nikmalarni hosil qilish kerak.
- O'zbekistonda arabshunoslik: Evropa, Rossiya va O'zbekistonda arabshunoslik rivojining asosiy bosqichlari. I.YU. Krachkovskiy, H.K. Baranov va boshqalar hayoti va ilmiy faoliyati. O'zbekistonda arab filologiyasi B.Z. Xolidov, U Karimov, N Ibrohimov va E Talabov hayoti va ilmiy izlanishlari. O'zbekistonda arab tilining o'qitilishi