Фалсафа
Ushbu o'quv qo'llanma falsafa fanining asosiy yo'nalishlari, g'oyalari va muammolarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda falsafiy bilimlarning shakllanishi, dunyoqarashlar, bilish nazariyasi, inson va jamiyat falsafasi, ma'naviyat, madaniyat kabi masalalar yoritilgan. Qo'llanma, asosan, O'zbekiston oliy ta'lim bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, falsafiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Falsafaning predmeti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoqarash: Falsafaning bahs mavzulari, falsafada milliylik va umumiinsoniy-lik, dunyoqarash va uning tarixiy shakllari, mustaqillik va yangicha falsafiy dunyoqarashni shakllantirish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Falsafaning asosiy yo'nalishlari, fanlar tizimidagi o'rni va vazifalari: Falsafiy bilimlar tizimi, ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida falsafaning o'rni, falsafaning asosiy funksiyalari, falsafiy dunyoqarash va yoshlar kamoloti kabi masalalar yoritilgan.
- Markaziy Osiyo falsafasi, uning jahon madaniyatidagi o'rni: Markaziy Osiyodagi eng qadimiy falsafiy qarashlar, ilk o'rta asrlar falsafasining mohiyati va xususiyatlari, islom va kalom falsafasi, tasavvuf va uning tariqatlari, Temur va Temuriylar davri falsafasi masalalari ko'rib chiqiladi.
- O'rta asrlar va yangi davr G'arb falsafasi: Yevropa ilk o'rta asrlar falsafasining asosiy xususiyatlari, Renessans davri falsafiy tafakkuri, XVII asr fransuz falsafasi va ma'rifatchiligi, Nemis milliy falsafasi, XX asr jahon falsafasidagi vorislik va yangilanish, uning ildizlari kabi masalalar yoritilgan.
- Olam va Odam: falsafiy talqin. Borliq va tabiat falsafasi: Olam va Odam to'g'risidagi turlicha falsafiy qarashlar, olam tushunchasi, borliq tushunchasining mohiyati va ma'nosi, tabiat tushunchasi, uning falsafiy mohiyati va mazmuni, tabiatni falsafiy tushunishning ahamiyati va ekologik tarbiya kabi masalalar yoritilgan.
- Falsafada metod va metodologiya muammosi. Falsafiy qonunlar: O'zgarish, harakat, taraqqiyot va o'zaro aloqadorlik tushunchalari, qonun va qonuniyat tushunchalari qonunlarning obyektivligi falsafiy qonunlar, o'zgarishlar va taraqqiyot jarayonida falsafiy kategoriya-larning ahamiyati, yoshlar tarbiyasida falsafiy kategoriya turkumlari haqisidagi bilimlar-ning ahamiyati kabi masalalar yoritilgan.
- Ong va ruhiyat: falsafiy talqin. Bilish jarayoni va uning mohiyati. Ilmiy bilish: Ong va ruhiyatning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlar va qarashlar, bilim va bilish falsafiy tahlil mavzui sifatida, ilmiy bilishning mohiyati va uzillari, O'zbekiston fani uning tashkililiy tuzilmalari, ilmiy hamkorliklari masalalari yoritilgan.
- Inson va jamiyat falsafasi. Mustaqillik va islohotlarning ijtimoiy mohiyati: Inson olamning tarkibiy qismi, jamiyat tushunchasi, uning mohiyati, mavjudligi va taraqqiyoti qonunlari, jamiyat rivojida barqarorlik va beqarorlik taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi masalalari yoritilgan.
- Ma'naviyat, madaniyat, qadriyat va g'oyalar falsafasi: Ma'naviyat, madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari, insoniyat tarixini sivilizatsiyalar tarixi tarzida tushunish muammolari, ma'naviyat va madaniyatda rang-baranglik, milliylik, umumiinsoniy-lik, madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini o'rganish - ma'naviy kamolat manbai masalalari yoritilgan.
- Fan falsafasi: Fan tarixi uning turli sivilizatsiya va davrlardagi taraqqiyoti, fanning aksiologik muammolari, ma'naviy – axloqiy tamoyillari, qadri va qadriyatlari, XX asrda ilmiy texnik inqilob va uning oqibatlari, jamiyat hayotida fanning o'rni va ahamiyatining oshib borishi, O'zbekiston fani va uning tashkiliy tuzilmalari, ilmiy hamkorliklari masalalari yoritilgan.
- Global muammolar falsafasi. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash: Insoniyat istiqbolini belgilovchi eng ustvor yo'nalish, jarayon va muammolar, umum bashariy muammolar tushunchasi, kelib chiqish sabablari asosiy yo'nalish va namoyon bo'lish xususiyatlari, XXI asr boshlarida O'zbekiston taraqqiyotining asosiy yo'nalishi va xususiyatlari, O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash masalalari yoritilgan.