Молиявий ҳисоб

Ushbu kitob moliyaviy hisob, audit, buxgalteriya hisobi kabi sohalarni qamrab olgan bo'lib, talabalarga, buxgalterlarga va auditorlarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • «Moliyaviy hisob» fanining predmeti, tadqiqot usullari va uning oldiga qoʻyilgan vazifalar.: Ushbu mavzu Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimi, boshqaruv va moliyaviy hisob konsepsiyasi kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.
  • Pul mablagʻlari va hisob-kitoblar hisobi: Bu mavzuda xujalik yurituvchi subyektlarda pul, hisob-kitob operatsiyalarini tashkil etishning asosiy tamoyillari, bankdagi hisob-kitob schyoti va undagi mablagʻlar harakati, kassa operatsiyalari, hisobdor shaxslardagi mablagʻlar hisobi, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisob-kitobning turli shakllari, byudjet bilan hisob-kitoblar, daʼvolar boʻyicha hisob-kitoblar va chet el valyutasidagi operatsiyalar kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar: Ushbu bobda olinadigan schyotlar va majburiyatlar bo'yicha hisoblashishlarning hisobi, olinadigan schyotlar hisobi, qisqa va uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish kabi mavzular yoritilgan.
  • Mehnat va ish haqi hisobi: Mehnatga haq to'lash bo'yicha hisob-kitoblarni hisobga olishning asosiy vazifalari, ishlab chiqarishning turli sharoitlarida mehnat hisobini yuritish tartibi, mehnatga haq to'lash shakillari, tizimlari, fondi va uning tarkibi, ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi, mehnatga haq to'lash fondining sarflanishi ustidan nazorat kabi masalalar muhokama qilingan.
  • Materiallar hisobi: Ushbu mavzuda materiallar hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash, materiallar harakati bilan bog'liq operatsiyalarni hujjatlar bilan rasmiylashtirish, materiallarni omborda hisobga olish, qo'shilgan qiymat solig'ini hisobga olish va ishlab chiqarishga sarflangan materillarni nazorat qilish kabi savollar yoritilgan.
  • Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar hisobi: Moliyaviy investitsiyalar to‘g‘risida tushuncha, ularni guruhlashtirish va baholash, investitsiyalar kelib tushishini hisobga olish, Uzoq muddatli moliyaviy invistitsiyalarni qiymat usuli va ulushli ishtirok etish usuli bilan hisobga olish, Investitsiyalar chiqarilishini hisobga olish kabilar.
  • Asosiy vositalarni hisobga olish: Asosiy vositalarni hisobga olishning vazifalari, ularni turkumlash va baholash, foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish, asosiy vositalar eskirishi va yeyilishining amortizatsiyasini hisobga olish, asosiy vositalarning ta'mirlanishini hisobga olish, asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini hisobga olish, asosiy vositalar inventarizatsiyasi va ularni qayta baholashni hisobga olish.
  • Moliyaviy (buxgalteriya) hisobot: Hisobotning mohiyati, ahamiyati va turlari, Buxgalteriya hisoboti va balansini tuzish, topshirish muddati va uni ko'rib chiqish hamda tasdiqlash tartibi, Davriy (oylik, choraklik, yarim yillik) hisobot, uning tarkibi hamda mazmuni kabilar.