“Turkiy filologiyaga kirish” fanidan ma’ruza matni

Kitob turkiy filologiyaga kirish fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda turkiy tillarning kelib chiqishi, rivojlanishi, tasnifi, tarixi, madaniyati va etnografiyasi kabi masalalar yoritilgan. Kitobda turkiy tillarning oltoy tillari orasidagi o'rni, turkiy filologiya va turkshunoslik fanining yuzaga kelishi, turkiy xalqlarning etnogenezi, turkiy yozuvlar tarixi, qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari, qadimgi va hozirgi turkiy tillarning munosabatlari, turkiy tillar qurumi, hozirgi turkiy xalqlarning madaniy-etnografik tarixi kabi mavzular batafsil ochib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Turkiy tillarning oltoy tillari orasida tutgan oʻrni: Turkiy tillarning oltoy tillari oilasidagi o'rni, filologiya, turkiy filologiya, turkiy xalqlar, turkiy tillar, turkiy adabiyot, turkiy xalqlar tarixi, turkiy xalqlar madaniyati, turkiy xalqlar etnografiyasi, turkiy matnchilik tarixi; turkshunoslik = turkologiya; oltoy nazariyasi, oltoy tillari oilasi,oltoyshunoslik.
  • Turkiy filologiya, turkshunoslik fanining yuzaga kelishi va tiklanish bosqichlari: Koʻk turk obidalari. Yoʻlligʻ tigin. To 'nyuquq. Arab lingvistik maktabi. Mahmud Koshg'ariy. “Devonu lugʻotit turk. O'rta asrlarning turkiy tilshunosligi. Turkiy filologiya markazlari. Mahmud Zamaxshariy. Ibn Muhanna. Jamoliddin at-Turkiy. Abu Hayyon.
  • Turkiy xalqlarning etnogenez masalasi: Qabila, urugʻ, etnos, etnik jarayonlar, xalq, millat, etnogenez, saklar, iskiflar, xunlar, koʻk turklar, turk etnonimi, qoraxoniylar, oʻzbek, sart, usmonlilar, etnonim, onomastika.
  • Turkiy tillar tarixini davrlashtirish masalalari: oltoy davri, xun davri, qadimgi turkiy adabiy til, eski turkiy adabiy til, “chigʻatoy turkiysi”, usmonli turkchasi, “turk-qipchoq tili, hozirgi turkiy tillar.
  • Turkiy tillar va ularning tasnifi: tillarning tasnifi, gʻarbiy xun qanoti, sharqiy xun qanoti; qarluq, oʻgʻuz, qipchoq, bulg'or guruhlari.
  • Turkiy yozuvlar tarixi: yozuv, piktografik yozuv, ieroglifik va mixsimon yozuv, boʻgʻin yozuvi, alifboli yozuv, koʻk turk xati, turkiy tamg'alar, uygʻur yozuvi, oromiy tizimiga kiruvchi yozuvlar, arab yozuvi.
  • Qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari: Kul tigin, Bilga xoqon, To ‘nyuquq bitigtoshi, yenisey bitiglari, talas bitiglari, “Xuastuanift", "Irq bitigi”, “Oltin tusli yorug'", "Maytri simit”, “Syuan-szan kechmishi”.
  • Eski turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari: dostonlar, masnaviy, didaktik adabiyot, qissachilik, noma janri, sheʼriy devon.
  • Qadimgi va hozirgi turkiy tillarning munosabatlari: hozirgi turkiy adabiy tillar, fonetik farqlar, leksik o'zgachaliklar, adabiy norma, adabiy til, dialektal ajralish, turkiy adabiy tillarning yuzaga kelish tarixi.
  • Turkiy tillar qurumi: tovush, tovush tizimi, fonetik hodisalar, singormonizim, rotasizim, lamdaizim; leksika, leksikologiya, umumturkiy qatlam; so'z yasalishi, affiksasiya, agglyutinasiya, agglyutinativ tillar; oʻzak, affiks, so'z shakllari, soʻz turkumlari; gap bo ʻlaklari, sintaksis.
  • Hozirgi turkiy xalqlar. Ularning madaniy-etnografik tarixi: turkiy xalqlar yashaydigan oʻlkalar, turk ellari; oʻzbeklar, uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, ozarbayjonlar, turklar, tatarlar, boshqirdlar, yoqutlar, qirimlar, gagauzlar, qorachoylar.