Электр машиналари трансформаторлар
Ushbu kitob elektr mashinalari, xususan transformatorlarga bag'ishlangan bo'lib, ularning nazariy asoslari, tuzilishi, ishlash prinsiplari va xususiyatlari batafsil yoritilgan. Kitobda transformatorlarning energetikadagi o'rni, turlari, asosiy qismlari, ulanish sxemalari va ish rejimlari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, nosimmetrik yuklanish holatlari, o'ta kuchlanishdan himoya qilish usullari, ekspluatatsiya va ta'mirlash masalalari ham ko'rib chiqilgan. Kitob texnik va texnologik oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlar va ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Umumiy tushunchalar: Transformatorlarning energetikadagi o'rni, ta'riflari, nominal qiymatlari va asosiy xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Transformatorlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari, asosiy qismlari (magnit o'tkazgich, o'zaklar, cho'lg'amlar) batafsil tushuntirilgan.
- Transformator cho'lg'amlari: Transformator cho'lg'amlariga qo'yiladigan talablar, ularning turlari (konsentrik, almashinuvchi), materiallari va joylashuv usullari ko'rib chiqilgan. Silindrik, vintsimon va uzluksiz cho'lg'amlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Birlamchi va ikkilamchi o'ramlar: Transformatorlarning birlamchi va ikkilamchi o'ramlari orasidagi bog'lanish, m.y.k. va e.yu.k. muvozanat tenglamalari tahlil qilingan. Tarqoq magnit oqimlari va ularning ta'siri o'rganilgan. келтирилган трансформатор va uning xususiyatlari ko'rsatilgan
- Magnit o'zaklar: Transformatorlarda qo'llaniladigan magnit o'zaklarining turlari (o'zakli, qobiqli), materiallari va xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan. Magnit o'zaklarni yig'ish usullari (tutashma, to'qima) va ularning afzalliklari ko'rib chiqilgan.
- Bir fazali transformatorning yuklanishsiz ishlashi: Bir fazali transformatorning yuklanishsiz ishlash rejimi tahlil qilingan. Yuza va chiziqli oqimlarning ta'siri, sinusoidal va nosinusoidal kuchlanishlar holatlari o'rganilgan.
- Uch fazali transformatorlar: Uch fazali transformatorlarning magnit tizimlari, cho'lg'amlarini ulash usullari (yulduz, uchburchak, jimjima) va e.yu.k.lari ko'rib chiqilgan. Chulg'amlarni ulashning nosimmetrik holatlari va ularni tahlil qilish usullari yoritilgan.
- Qisqa tutashuv rejimi: Transformatorning qisqa tutashuv rejimi, fizik jarayonlari, elektrodinamik kuchlar va ularga qarshi choralar tahlil qilingan. Qisqa tutashuv sxemasi va vektor diagrammalari keltirilgan.
- Maxsus transformatorlar: O'zgartgich, elekt transport transformatorlar tasnifi va xarakteristikalari tavsiflangan.
- Sovutish tizimlari: Transformator qismlarida issiqlik paydo bo'lish xususiyatlari tushuntirilgan. Sovutish tizimlarining texnikaviy ahamiyati bayon etilgan.
- Katta quvvatlik transformaorlari: Katta quvvatlik transformerlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.