Qadimgi qo′l yozma asarlardan o′quv jarayonida foydalanish bo′yicha uslubiy qo′llanma 1 – qism

Ushbu qo'llanma qadimiy qo'lyozma asarlardan o'quv jarayonida foydalanish bo'yicha metodik ko'rsatmalardan iborat. Unda qadimgi olimlarning ilmiy merosi va ularning matematika, astronomiya, fizika va boshqa sohalarga qo'shgan hissasi haqida ma'lumot berilgan. Qo'llanmada qo'lyozmalarni o'rganish usullari va ulardan o'quv jarayonida foydalanish yo'llari ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Abjad hisobi va oltmishlik sanoq sistemasi: Arab alifbosining harflari son qiymatiga ega ekanligi, abjad hisobining qo'llanilishi, o'nli va oltmishlik sanoq sistemalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Yil hisobi. Taqvim (Kalendar): Musulmon erasi, hijriy-qamariy va hijriy-shamsiy taqvimlar, yilning kabisaligi, oylarning nomlari va boshqa taqvimga oid ma'lumotlar bayon qilingan.
  • Mirzo Ulug'bekning “Ziji jadidi Kuragoniy” asaridan: Asarda astronomiya, matematika, geografiya va boshqa fanlarga oid ma'lumotlar, abjad yozuvidan pozitsion sanoq sistemasida foydalanish, vaqt o'lchovlari haqida bahs yuritilgan.
  • Alouddin Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad Samarqandiy (Ali Qushchi) hisob ilmi risolasi: Oddiy kasrlar haqidagi risola, kasrlarni soddalashtirish va ular ustida amallar bajarish, shuningdek, kasrlardan ildiz chiqarish va ularni o'nli kasrlarga aylantirish usullari ko'rsatilgan.
  • Muhammad kalon al-muftiy Samarqandiyning hisob ilmiga doir risolasi: Meros taqsimoti (faroiz ilmi), o'lchov birliklari, kasrlarni soddalashtirish va ular ustida amallar bajarish, ulush hisobi usullari ko'rsatilgan.
  • Xatirchigiy – Miyonkoliy risolalari: Trigonometriya, geometriya, astronomiya masalalarini yechish usullari. Geografiya, vaqt hisobi. Ularning echimlari uchun misollar keltirilgan.