Qadimgi qo′l yozma asarlardan o′quv jarayonida foydalanish bo′yicha uslubiy qo′llanma (2 – qism)

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasida qadimgi qo'lyozma asarlardan o'quv jarayonida foydalanish bo'yicha uslubiy qo'llanma keltirilgan. Kitob Mirzo Ulug'bek tavalludining 615 yilligiga bag'ishlanadi va uslubiy qo'llanma sifatida talabalarga qadimgi zamonlardan yetib kelgan qo'lyozma asarlar bilan tanishtirish va o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Abjad hisobi va oltmishlik sanoq sistemasi: Arab alifbosining har bir harfi son qiymatiga ega. Qadimda abjaddan turli hisobotlarda, masalan voqealarning tarixini aniqlashda foydalanishgan. Abjad yozuvidan pozitsion sanoq sistemasida, aynan o'nli va oltmishli sanoq sistemalarida ham foydalanishgan.
  • Yil hisobi. Taqvim (kalendar): Musulmon erasi Muhammad payg'ambarning Makkadan Madinaga ko'chishi vaqtidan boshlanadi. Hijriy taqvimi hisobotini Mirzo Ulug'bek o'z asarida bayon qilgan. Quyoshning yillik harakatiga asoslangan hijriy-shamsiy taqvimining madxali milodiy 622-yilning bahorgi teng kunligidan ya'ni 21 martidan boshlanadi.
  • Mirzo Ulug'bekning Ziji jadidi Kuragoniy asaridan: Fanni, xususan matematikani rivojlantirishda, bizning ulug' bobokalonlarimizning va hozirgi O'zbekiston Respublikasi olimlarining ham xizmati katta. Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida allomalarimiz bergan ma'lumotlar hatto darsliklar va o'quv qo'llanmalariga ham kirgizilgan.Qadimda Samarqand ilm-fanning markazi bo'lgani ma'lum.
  • Ali Qushchi hisob ilmiga doir risolasi (o'quv qo'llanmasi): Ushbu risolada oddiy kasrlar, xususan kasrlarni soddalashtirish va ularni qo'shish, ko'paytirish va bo'lishning usullari yoritilgan.