Pеdagogika ta`limi jarayonida malaka oshirish kursi tinglovchilarini tabaqalashtirilgan ta`limga o`rgatish
Kitobda pedagogika ta'limi jarayonida malaka oshirish kursi tinglovchilarini tabaqalashtirilgan ta'limga o'rgatish masalalari ko'rib chiqiladi. Unda tabaqalashtirilgan ta'limning mohiyati, maqsad va vazifalari, metodologik asoslari, modellari, tashkiliy shakllari va metodlari, iqtidorli bolalar bilan ishlash usullari yoritilgan. Shuningdek, kasbga yo'naltirish va pedagogik texnologiyalar masalalari ham muhokama qilingan.
Asosiy mavzular
- Tabaqalashtirilgan ta'limning mazmuni, shakl, metodlari: Tabaqalashtirilgan ta'limning asosiy maqsadi ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish va o'quvchilarning o'z bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishga bo'lgan ehtiyojlarini ko'proq qondirishdan iboratdir. Uning asosiy vazifasi - ta'lim jarayonining yuqori samaradorligini ta'minlash uchun o'quvchilarning tayyorgarlik darajasini chuqur o'rganish mezonlarini aniqlash, nimalarga asosiy e'tiborni qaratish lozimligini belgilab olishdan iborat.
- "Ta'lim to`g'rida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" pedagogika fanining metodologik asosi: Tabaqalashtirilgan o'qitishning metodologik asoslari ta'limni insonparvarlashtirish (o'quvchiga har tamonlama hurmat va muhabbat ko'rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo'rlashdan to'la voz kechish) va demokratiyalashtirish (o'quvchi va o'qituvchi huquqlarini tenglashtirish, o'quvchining erkin tanlab olishi, xatoga yo'l qo'yishi, o'z nuqtai nazariga ega bo'lishi huquqlari)dan iborat bo'lib, u pedagogik-psixologik jihatdan har bir o'quvchiga qulay sharoitda qiziqishi, qobiliyati, extiyojiga yarasha ta'lim olish imkoniyatini yaratadi.
- Kadrlar tayyorlashning milliy modeli: Ma'lum talablar asosida tuzilgan guruhdagi o'quvchilarga ta'lim berish ichki tabaqalashtirish uslubi hisoblanib, u eng yuqori qobiliyatga ega bo'lganlar uchun ham umumiydir. U o'quvchilarning bilim, ko'nikmalarini an'anaviy tarzda hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
- Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar: Iqtidorli bolalarni o'qitish va tarbiyalash. Iqtidorli inson jamiyatga oddiy qobiliyatga ega bo'lgan insonga nisbatan ko'proq foyda keltiradi. Shu bois jamiyat va maktab oldida iqtidorli o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash muammosi turibdi. Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlangani sari bu muammoning keskinligi kuchayib boraveradi. Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni izlab topish va namoyon qilish uchun turli tuman tanlovlar, olimpiadalar o'tkazilmoqda. Talantni tarbiyalash, uning tabiiy layoqatini rivojlantirishni har bir maktab, litsey, kollej, oliy o'quv yurtida amalga oshirish zarur, uni uchun ularda tegishli shart- sharoit yaratish zarur.