Совет даврида Ўзбекистоннинг пахта хом ашё базасига айлантирилиши ва унинг дехқонлар ҳаётига салбий таэсири (1917-1940-йиллар)
Ushbu kitobda Sovet davrida O‘zbekistonning paxta xomashyo bazasiga aylantirilishi va uning dehqonlar hayotiga salbiy ta'siri (1917-1940 yillar) tarixiy adabiyotlar va arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- O'zbekistonda paxtachilikning tiklanishi va rivojlanishi: paxta monopoliyasining oqibatlari: Turkistonda oktabr to'ntarishidan keyingi paxtachilik sohasidagi umumiy holat, paxtachilikni tiklash va rivojlantirish borasida sovet hukumatining amalga oshirgan chora-tadbirlari, markaz strategik xom ashyosi paxtaning Respublikadan olib chiqish jarayonini boshlanishi va uning oqibatlari.
- SSSR direktiv organlarining paxta mustaqilligini majburiy yo'l bilan amalga oshirishi va O'zbekistonning paxta xom ashyo bazasiga aylantirilishi: SSSR paxta mustaqilligining ta'minlanishi va O'zbekistonning asosiy paxta yetishtiruvchi respublikasiga aylantirilishi, zo'ravonlik va tayziq asosida kolxoz va sovxozlarda paxta etishtirishning ko'paytirilishi.
- Paxta yakkahokimligining dehqonlar hayotiga salbiy ta'siri: Respublika qishloq xo'jaligida paxta monokulturasining avj olishi, O'zbekiston xalq xo'jaligida oziq-ovqat muammosining yuzaga kelishi.