Жиноят ишларида адвокатнинг иштироки
Ushbu kitob jinoyat ishlarida advokatning ishtiroki masalalariga bag‘ishlangan. Unda advokatning protsessual holati, uning huquq va majburiyatlari, shuningdek turli bosqichlarda ishtirok etish xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Kitobda advokatlik faoliyatining axloqiy jihatlari ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Jinoyat protsessida advokat ishtirokining umumiy qoidalari: Ushbu mavzu advokatning jinoyat ishida ishtirok etish asoslari, uni taklif qilish va tayinlash tartibi, advokat va himoyasi ostidagi shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, himoyachining protsessual funksiyasi, himoya va aybsizlik prezumpsiyasi kabi masalalarni qamrab oladi.
- Sudga qadar ish yurituvida advokatning ishtiroki: Ushbu mavzu gumon qilinuvchining ushlangan paytidan boshlab advokatning ishtiroki, shaxsga ayb e'lon qilingan vaqtdan yoki uning gumon qilinuvchi deb e'tirof etilgan paytdan boshlab advokatning ishtiroki, ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek uning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida advokatning ishtiroki, dastlabki tergovni to‘xtatib turish davrida advokat ishtiroki, dastlabki tergov tamomlanganda advokatning ishtiroki, advokatning ish materiallari, iltimosnoma arizasi bilan tanishuvi, advokatning surishtiruvchi, tergovchi va prokuror harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
- Birinchi instansiya sudida advokatning ishtiroki: Bu mavzu jinoyat ishini sudga ko‘rish uchun tayinlash bosqichida advokat, sud majlisining tayyorlov qismida advokatning roli, sud tergovida dalillarni tekshirish tartibini belgilashda himoyachining ishtiroki, advokatning sud tergovida ishtiroki: sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilarning so‘rog‘i; yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish, hodisa sodir bo‘lgan joylarini tekshirishdagi ishtiroki, sud tergovi yakunida advokat ishtiroki va uning himoya nutqi masalalarini qamrab oladi.
- Sud muhokamasidagi advokatning himoya nutqi va uning notiqlik mahorati: Ushbu mavzu himoya nutqi tushunchasi va uning etik jihatlari, kirish qismlari, ishdagi faktik holatlarni ifodalash, sud auditoriyasi va u bilan muloqot, himoya nutqiga tayyorgarlik, ish materiallari bilan tanishish va ish bo‘yicha protsessual pozitsiyani aniqlash, himoya nutqi rejasi va kompozitsiyasi, dalillarning tahlili va baholanishi, jinoyatlarni kvalifikatsiyalash to‘g‘risida takliflar, sudlanuvchi va jabrlanuvchining shaxsini tavsiflash, jinoyat sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlari tahlili, tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo chorasi va fuqaroviy da’vo to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, himoya nutqining yakunlov qismi, sudda tortishuv mahorati kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.
- Jinoyat ishlari bo'yicha apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritilishida advokatning ishtiroki: Mavzu advokat tomonidan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatining tuzilishi, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatlaridagi asosiy e’tirozlarning usullari, jabrlanuvchining kassatsiya shikoyati yoki prokurorning kassatsiya protestiga e’tiroz bildirish, advokatning shikoyatni qaytarib olish huquqi, jinoyat ishlarida apellyatsiya va kassatsiya tartibida ish yuritilishida advokatning ishtiroki: tushuntirishlar berish, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar so‘rog‘ida ishtirok etish, sud tortishuvida advokatning ishtiroki, sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqish va unga bildirilgan e’tirozlar kabi masalalarni qamrab oladi.
- Advokatning nazorat tartibida ish yurituvida va jinoyat protsessining boshqa bosqichlarida ishtiroki: Ushbu mavzu advokat hukm ijro etish bosqichida, avf etish to‘g‘risidagi iltimosnoma, nazorat tartibida shikoyat keltirish va uning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat keltirishdan farqi, nazorat tartibidagi ish yuritishda advokatning ishtiroki, to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov qayta tiklanganda yoki yangi ochilgan holatlarda advokatning ishtiroki masalalari bilan tanishtiradi.
- Advokat - jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgarning vakili: Ushbu mavzu advokatning jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgarning vakili sifatidagi protsessual funksiyasi va protsessual holati, advokat jabrlanuvchining vakili sifatida amalga oshirishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlari, dastlabki tergovda jabrlanuvchining vakili sifatida advokatning ishtiroki kabi masalalarni o‘rganadi.
- Voyaga etmaganlar jinoyati va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash ishlari bo‘yicha advokatning ishtiroki: Voyaga etmaganlar tominidan sodir etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachining majburiy ravishda ishtirokini ta’minlash, dastlabki tergovda advokat protsessual holatining o‘ziga xos hususiyatlari, advokat va himoyalanaёtgan shahs o‘rtasidagi munosabatning o‘ziga hos hususiyati, advokat tomonidan taqdim etiladigan dalillar, dalillar maqbulligining kafolati, aйblanuvchining qonuniy vakili va uning advokat (himoyachi) bilan munosabati, alohida toifadagi jinoyat ishlarini sud muhokamasida ko‘rib chikishda himoyachining ishtiroki masalalari bayon etilgan.