Jinoyat – ijroiya huquqi
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligi asosida yozilgan bo'lib, jinoyat-ijroiya qonunchiligi, mahkumlarning huquqiy holati, jinoiy jazolarni ijro etish tartibi va shartlari kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Jinoyat-ijroiya huquqi tushunchasi, predmeti va vazifalari: Jinoyat-ijroiya huquqining tushunchasi, boshqa huquq tarmoqlari bilan aloqasi, O'zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya huquqiga oid siyosati va amaldagi qonun normalari tahlil qilinadi.
- Mahkumlarning huquqiy holati: Mahkumlarning huquqiy holati tushunchasi, yuridik yordam olish va shaxsiy xavfsizlik huquqi, mahkumlarning majburiyatlari va ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o'tayotgan mahkumlarning huquqiy holati ko'rib chiqiladi.
- Jaríma, muayyan huquqdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari, qamoq tariqasidagi jazolarni ijro etish: Ushbu mavzuda jazolarni ijro etuvchi organ va muassasalar, jarima va muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq jazosini ijro etishning asoslari va tartibi tahlil etiladi.
- Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish: Ozodlikdan mahrum qilish tushunchasi, belgilari va ahamiyati, jazoni ijro etuvchi muassasalar, mahkumlarni tasniflash va jazoni tashkil qilish masalalari yoritiladi.
- Koloniya va turmalarda jazoni o'tash: Koloniyalar va turmalarda jazoni o'tash tartibi, shartlari va ayrim toifadagi mahkumlar tomonidan jazoni o'tash shartlari ko'rib chiqiladi.
- Jazoni ijro etish muassasalarida rejim: Jazoni ijro etish muassasalarida rejim tushunchasi, asosiy xususiyatlari, mahkumlarning oziq-ovqat va eng zarur narsalar bilan ta'minlanishi, uchrashuvlari, telefon orqali so'zlashuvlari va muassasa doirasidan chetga chiqish asoslari yoritilgan.
- Mahkumlarning moddiy-maishiy ta'minoti: Mahkumlarning moddiy-maishiy ta'minoti tushunchasi, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar mehnati, ta'limi, tarbiyaviy ta'siri va rag'batlantirish intizomiy jazo choralari haqida ma'lumot berilgan.
- Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish: Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosining tushunchasi, ijro etish tartibi va afv etish to'g'risida iltimosnoma berish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat boʻyicha cheklash, qamoq va intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolarni ijro etish: Harbiy xizmatchilarga qoʻllaniladigan jazolar tushunchasi, xizmat boʻyicha cheklash va qamoq jazolarini ijro etish tartibi hamda intizomiy qismga joʻnatish jazosini ijro etish masalalari yoritilgan.
- Jazoni o'tashdan ozod qilish: Jazoni o'tashdan ozod qilish tushunchasi, huquqiy asoslari, jazoni ijrosini tugatish va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilish tartibi tahlil etiladi.
- Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish: Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari tushunchasi, shartli hukm qilinganlar ustidan nazorat, tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini ijro etish va voyaga etmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash kabi mavzular o'rganiladi.