Шаҳар муҳандислик иншоотлари

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Shahar qurilishi va xo'jaligi" kafedrasi talabalari uchun mo'ljallangan. Unda shaharsozlikning asosiy masalalari, shahar muhandislik inshootlarining turlari, ularning loyihalash va qurilish xususiyatlari, shuningdek, shahar transporti va piyodalar harakatini tashkil etish, ko'priklar, tunnellar va boshqa inshootlarni hisoblash asoslari keltirilgan. Kitob shaharsozlik sohasida bilim berishga qaratilgan bo'lib, muhandis-quruvchilar uchun qo'llanma vazifasini o'taydi.

Asosiy mavzular

  • Transport inshootlari: Transport inshootlarining klassifikatsiyasi, ko'priklarga qo'yiladigan talablar, estakadalar va murakkab transport kesishuvlariga bo'lgan talablar, avtoyo'llardagi ko'prik-yo'llarga qo'yiladigan talablar.
  • Shahar ko'priklari va transport inshootlarini hisoblash asoslari: Qo'zgaluvchan vertikal kuchlanish, gorizontal yuklanish, shahar ko'priklari, yog'och ko'priklar, tosh va beton ko'priklar, temir beton ko'priklar, to'sinli ko'priklar, ravoqli ko'priklar, metall ko'priklar, yer osti tarmoqlarini shahar ko'priklari orqali o'tkazish.
  • Piyodalar o'tish joylari: Piyodalar o'tish joylarining turlari, ularning joylashuvi va konstruktiv yechimlari.
  • Shahar tonnellari: Tog' tonnellari, metropoliten tonnellari, har xil darajadagi ko'cha harakatini o'tkazish uchun mo'ljallangan tonnelllar.
  • Shahar suv bo'ylari: Massiv suv bo'ylari, temir beton devorlar, kiyiluvchi devorlar, qirg'oq bo'yidan o'tish tushuvlari, qirg'oq bo'yi tirgak devorlarining hisoblash usullari, qirg'oq bo'yi devorlarini qurish.
  • Garajlar. To'xtash joylari: Garajlar turlari, avtomobil to'xtash joylariga qo'yiladigan talablar.