Matematika darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanishning samarali usullari
Ushbu kitob boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun matematika darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanishning samarali usullarini o'rgatishga qaratilgan metodik tavsiyadir. Kitobda matematika darslarini yanada qiziqarli va samarali o'tishga yordam beradigan turli xil o'yinlar, mashqlar va metodikalar keltirilgan. Shuningdek, kitobda o'quvchilarning bilim olish jarayoniga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va dars jarayonida zerikishning oldini olish masalalari ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- "Svetofor" (Yo'lchiroq) o'yini: O'yin musobaqa tarzida o'tkaziladi. O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi. Har bir guruh uchun alohida misollar beriladi. Misollar qizil, sariq va yashil rangli doirachalar ortiga yoziladi, ya'ni doiralar yo'lchiroq ranglari ketma-ketligida joylashtiriladi. O'quvchilar har bir to'g'ri ishlangan misol natijasida svetoforning shu rangi chirog'ini yoqadi. Ushbu o'yin o'quvchilarni ziyraklik, chaqqonlik, tez fikrlash kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi.
- Krossvord shaklidagi o'yinlar: Matematika darslarini yanada qiziqarli bo'lishi va ularni boshqa fanlar bilan bog'lab tashkil qilish maqsadida turli krossvord shaklidagi o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Misol tariqasida, Buyuk zot Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanalarni yashirilgan krossvord tuzish mumkin.
- "Hayvonchalarnitutqunlikdanqutqarish" o'yini: Ushbu o'yinda o'quvchilar misollarni yechish orqali qafasga tushib qolgan hayvon bolalarini qutqarishlari kerak. Har bir to'g'ri ishlangan misol bitta hayvonchaning ozod qilinishiga olib keladi. O'yin musobaqa tarzida o'tkaziladi.
- "Eng yaxshi hisobchi" o`yini: O`quvchilardan biri oldinga chiqib hisobchi bo`lib, o`quvchilar hisobiga misollar beradi. U misollarni og`zaki yechadi. Agar hisobchi biror misolni yecha olmasa yoki noto`g`ri yechsa uning o`rniga bu misolni bergan o`quvchi chiqadi. O`quvchilarning qaysi biri hamma misolni yechsa, shu o`quvchi "Eng yaxshi hisobchi" bo`ladi.
- Amallarni bajarish tartibi: Darsda o'quvchilarning hisoblash malakalarini takomillashtirish, amallar tartibi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, matematikaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularni hozirjavoblikka, mustaqil fikrlashga o'rgatish maqsad qilinadi. Agar ifodada qavs bo'lsa, ular ichidagi amal birinchi bajariladi, keyin ko'paytirish va bo'lish, so'ngra qo'shish va ayirish amallari bajariladi.