Anorganik kimyo

Ushbu kitob noorganik kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari, nazariyalarini yoritadi. Unda atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanish, davriy sistema, kimyoviy kinetika, muvozanat, eritmalar, elektrolitik dissotsilanish kabi mavzular batafsil tahlil qilingan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan bo'lib, biologiya mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Atom-molekulyar ta'limot: Atom, molekula tushunchalari, atomlarning tuzilishi, kimyoviy elementlar, oddiy va murakkab moddalar, atom massasi, molekulyar massa, karrali nisbatlar qonuni, ekvivalentlar qonuni, xajmiy nisbatlar qonuni, Avogadro qonuni, Amper gipotezasi, atom molekulyar ta'limotga oid asosiy iboralar.
  • Atom tuzilishi: Radioaktivlik, atom tuzilishining planetar modeli, atomlarning elektron formulalari, Pauli prinsipi, Xund qoidasi, valentlikning kvant mexanik tabiati, atomlarda elektron bulutlarning strukturasi, energiyaning minimumga intilish prinsipi.
  • Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi: D.I.Mendeleyevning davriy qonuni, davriy sistema va uning tuzilishi, davriy sistemada element atomlarining xossalarini uzgarishi, guruhlar, davrlar, elementlarning xossalari, metall va nemetallik xossalari.
  • Kimyoviy bog'lanish va molekulalararo ta'sir: Kimyoviy bog'lanishning asosiy xususiyatlari va kimyoviy bog' hosil bo'lish mexanizmi, kimyoviy bog'ning asosiy turlari (kovalent, ion, metall), kimyoviy elementlarning valentligi, atom orbitallarining gibridlanishi, koordinatsion birikmalarda kimyoviy bog'.
  • Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat: Kimyoviy reaksiya tezligi va ta'sir etuvchi omillar (konsentratsiya, temperatura, katalizator), gomogen va geterogen reaksiyalar, kataliz, kimyoviy muvozanat, Le-Shatelye prinsipi.
  • Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi: Elektrolitik dissotsilanish, dissotsilanish darajasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, ionli reaksiyalar, eruvchanlik ko'paytmasi, tuzlarning gidrolizi.
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va elektrokimyo asoslari: Oksidlanish va qaytarilish prosesslari, oksidlanish darajasi, asosiy oksidlovchi va qaytaruvchilar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari, elektrod potensiali, gazli elektrodlar, galvanik elementlar nazariyasi, elektroliz.
  • VII guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika (galogenlar), Ftor, Xlor, Brom, Yod: olinishi, xossalari va birikmalari.
  • VI guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Kislorod: tabiatda uchrashi, xossalari, Oltingugurtning tabiatda uchrashi olinishi, xossalari birikmalari, Sulfat kislota olinishi, xossalari.
  • V guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Azot, Forfor xossalari, birikmalari
  • IV guruxning p-elementlari: Umumiy xarakteristika, Uglerod va Kremniy xossalari, birikmalari
  • I guruxning s-elementlari: Umumiy xarakteristika, Litiy, Natriy, Kaliy xossalari, birikmalari
  • II guruxning s-elementlari: Umumiy xarakteristika, Berilliy, Magniy, Kalsiy guruh elementlari
  • VI guruxning d-elementlari: Umumiy xarakteristika, Xrom, Molibden va Volfram
  • VIII guruxning d-elementlari: Umumiy xarakteristika, temir, Kobalt, Nikel va platina gruppachasi elementlarining xossalari
  • Metallar: Metallarning umumiy xossalari, ichki tuzilishi, tabiatda uchrashi, olinishi