Инвестиция лойихаларини молиялаштириш
Ushbu kitob O'zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, ularni baholash va tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlariga bag'ishlangan. Unda investitsiya siyosati, investitsiya loyihalarining mohiyati, ahamiyati, turlari, moliyalashtirish manbalari, usullari, xorijiy tajriba va respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish yo'llari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash, moliyaviy tahlil, qaror qabul qilish mezonlari, xarajatlar tahlili, baholash usullari, risklar va inflyatsiya sharoitida loyiha tahlili kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning mohiyati va ahamiyati: Ushbu mavzu investitsiya loyihalarining iqtisodiyotdagi o'rni, moliyalashtirish manbaalari, usullari, rivojlangan davlatlar tajribasi va O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo'llarini ochib beradi.
- Investitsiya loyihalari tushunchasi: Investitsiya loyihasining ta'rifi, mohiyati, tuzilishi, bosqichlari va ahamiyati muhokama qilinadi. Loyiha siklining bosqichlari, shakllantirish, imkoniyatlarni tadqiq etish, texnik-iqtisodiy asoslash, hujjatlarni tayyorlash, qurilish va ishga tushirish kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
- Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati: Investitsiya loyihalarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli, ustuvor tarmoqlarga yo'naltirish, investitsiya muhitini yaxshilash va qonunchilik bazasini mustahkamlash kabi masalalarni yoritadi.
- Investitsiya loyixalarining xayotiy axamiyatliligini baxolash: Investitsiya loyixalarining hayotiyligini baxolashda e'tibor qaratiladigan muhim jihatlar yoritilgan. Investitsiya g'oyasini shakllantirish; Investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish; Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash kabilar.
- Investitsiya loyixalarini moliyalastirishning asosiy manbalarining tavsifi: Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, respublika ҳамда маҳаллий бюджет ва бюджетдан ташқари фондлар ҳисобидан ажратмалар ҳақида гапирилади.