Ekologiya fani predmeti va rivojlanish tarixi
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Ekologiya fanidan maʼruzalar matni sifatida nashr etilgan. Ma'ruza matni biologiya yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, pedagoglar va atrof muhitni muhofaza qilish bilan shug'ullanadigan jonkuyarlar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Ekalogiya fani predmeti va rivojlanish tarixi: Ushbu mavzu ekalogiyaning nazariy asoslari: fanb tushunchasi, tarixi, ilmiy uslublari, vazifalari, tarmoqlari, tirik organizmlarniu o'sish, rivojlanish va tarqalishida ularning ekologik omillar o'rtasidagi munosabatlari, qonunlari, populyatsiya, biotsenoz va ekosistemalar har tomonlama tasnif etilishi orqali biosfera, uning tuzilishi, unda moddalar va energiya almashinishi biuosfera genefondini saqlash chora – tadbirlari yoritilgan.
- Muhit va ekologiya omillari: Ushbu mavzu tabiiy zaxiralarning xillari, biosferaning ifloslanishi manbaalari, atmosfera, radiatsion ifloslanish, gidrosfera, Orolning ekologik xolati litosfera (er boyliklari), tabiiy xomashyolar va energiya manbalari biologik zaxiralar, ularning xillari axamiyati, muxofaza qilish chora-tadbirlari va tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni iqtisodiy baholash, boshqarishning ekologik huquqiy asoslariga bag'ishlangan.
- Jamoalar haqidagi ta'limot. Biotsenoz: Biotsenozlar tushunchasi, ta'rifi va asosiy belgilari,biotsenoz chegasini aniqlovchi uslublar, biotsenozda ekologik nisha tushunchasi va biotsenozlar tuzilishini o'z ichiga oladi.
- Biogeotsenoz va ekotizimlar: Mazkur ma'ruza biogeotsenoz(V.N.Sukachev) va ekotizim(A.Tensli) kabi tushunchalar nisbati, ekotizimda moddalar aylanishini ta'minlashda ishtirok etuvchi organizmlar haqida va biogeotsenozlar mahsuldorligini qamrab oladi.
- Biosfera- koinot talimoti: Mazkur ma'ruzada Biosfera tasnifi va chegaralari, biosferada hayotning paydo bo'lishi, biosferaning tirik moddalari, biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari kabi mavzular o'rin olgan.
- Atrof -muhit muhofazasining ekologik huquqiy asoslari va shaxsning javopbgarligi: Mazkur ma'ruza tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, tabiatni muhofaza qilish yo'llari, tabiiy zahiralarning taʼrifi, xillari va ulardan foydalanish, tabiatning radioaktiv ifloslanishining organizmlarga taʼsiri kabi mavzularni o'z ichiga oladi.