Pedagogika

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Pedagogika" fanidan uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan. Unda pedagogika fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari, metodlari, shuningdek, O'zbekistonda ta'lim tizimining rivojlanish tarixi va zamonaviy holati yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogikaning umumiy asoslari: Pedagogika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari. Shaxsni shakllantirish va rivojlantirish omillari. Barkamol avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari. O'zbekistonda tarbiya va ta'lim tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr: O'rta Osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi. Temuriylar davridan XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyoda ijtimoiy hayot, tarbiya, maktab va pedagogik fikr. XIX asrning ikkinchi yarmi hamda XX asrda maorif, tarbiya, maktab va pedagogik fikr. Qadimgi Yunoniston va Yevropada tarbiya, maktab va pedagogik fikr.
  • Tarbiya nazariyasi: Tarbiya jarayonining mohiyati, printsiplari va metodlari. O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash. Yuksak madaniyatli mutaxassisning huquqiy, iqtisodiy va ekologik tarbiyasi. Bola tarbiyasida oila, o'quv yurti, mahalla va jamoatchilik hamkorligi. Kasb-hunar kollejlarida ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish.
  • Ta'lim nazariyasi (Didaktika): Didaktika fanining predmeti va vazifalari. Ta'lim jarayonining mohiyati, qonuniyatlari va printsiplari. Turli tipdagi kasb-hunar kollejlarida ta'limning mazmuni.
  • O'rta maxsus, kasb - hunar bilim yurtini boshqarish va unga rahbarlik qilish: O'rta maxsus, kasb - hunar bilim yurtini boshkarish va unga rahbarlik qilishning nazariy - pedagogik asoslari. Kasb – hunar kollejlarini boshqarishning printsiplari, shakl va metodlari.