Umumiy fizika kursidan I - semestr uchun ma’ruzalar matni

Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Umumiy fizika" kursining ma'ruza matnlaridan iborat bo'lib, unda mexanika, molekulyar fizika, termodinamika, elektrodinamika, optika, atom va yadro fizikasi kabi fizika fanining asosiy bo'limlari qamrab olingan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda amaliy masalalarni yechish usullari ham ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Fizika faniga kirish. Kinematika asoslari: Fizika fanining tarkibiy qismlari, mutaxassislik bilan o'zaro bog'liqligi, sanoq tizimi, moddiy nuqta kinematikasi, fizik kattaliklar va ularning o'lchov birliklari, tezlanuvchan va sekinlanuvchan harakat kinematikasi.
  • Aylanma harakat kinematikasi. Moddiy nuqta dinamikasi: Aylanma harakat va uning parametrlari, aylanma harakat bilan chiziqli tezliklar orasidagi bog'lanish, markazga intilma kuch, Nyuton qonunlari.
  • Saqlanish qonunlari: Saqlanish qonuni va uning mohiyati, massa va harakat miqdorining saqlanish qonuni, impuls momentining saqlanish qonunlari, energiya va uning saqlanish qonunlari.
  • Saqlanish qonunlarining qo'llanilishi. Mexanikada nisbiylik prinsipi: Saqlanish qonunlarining qo'llanilishi, nisbiyat nazariyasida Galiley almashtirishlari, maxsus nisbiyat nazariyasi, tezliklarni qo'shish, massa, uzunlik va vaqtning nisbiyati.
  • Qattiq jismning aylanma harakati va ularning elastikligi: Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi, qattiq jismning aylanma harakat vaqtidagi kinetik energiyasi, qattiq jismning elastikligi.
  • Yaxlit muhit fizikasi elementlari. Suyuqlik va gazlar statistikasi: Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari, suyuqlik muvozanat harakat tenglamasi, suyuqlik va gazlarning statik va dinamik bosimlari, suyuqliklarning qovushqoqlik koyeffiysenti, laminar va turbulent oqimi.
  • Mexanik tebranishlar va to'lqinlar: Garmonik ossillyator, erkin tebranishlar tenglamasi, matematik va fizik mayatnik, tebranishlarni qo'shish, mexanik to'lqinlar, turg'un to'lqinlar, Doppler effekti.
  • Gazlarning molekulyar kinetik nazariyasi: Ideal gaz modeli va uning qonunlari, gazlarning kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi, gaz molekulyar erkinlik darajasi, issiqlik sig'imi, adiabatik jarayon.
  • Statistik fizika elementlari: Bol'tsman taqsimoti, Borametrik formula, gaz molekulalarning tezlik va energiya bo'yicha taqsimoti, Gibbs taqsimot funksiyasi.
  • Gaz molekulalarning erkin yugurish tezligining o'rtacha uzunligi: Gaz molekulalarning erkin chopish masofasi, gazlardagi diffuziya, gazlardagi qovushqoqlik, gazlarning effuziyasi.
  • Real gazlar: Molekulalararo o'zaro ta'sir kuchlari, real gazning holat tenglamasi, Van-der-Vaals tuzatmalari, gazlarni suyultirish.
  • Termodinamika asoslari: Termodinamik muvozanat, qaytar va qaytmas jarayonlar, termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlari, entropiya.
  • Qattiq jism. Fononlar: Saqlanish qonunlari, yadroviy reaksiyalar vaqtidagi massa, impul's va uning saqlanish qonuni.
  • Elektrostatika asoslari: Elektr zaryadi, Kulon qonuni, bo'shliqdagi elektr maydon kuchlanganligi, maydonlar superpozitsiyasi.
  • Elektr dipoli. Elektr maydonda dielektrik: Elektr dipol, Gauss teoremasi, dielektriklarda elektr maydoni, dielektriklar uchun Gauss teoremasi, elektr siljish vektori.
  • Potensial va elektr sig'imi. Elektr maydon: Elektr maydonida zaryadni ko'chirishda bajarilgan ish, kondensatorlar, pondromator kuchlar.
  • O'zgarmas elektr toki. Tarmoqlangan zanjirlar: O'tkazgich, yarim o'tkazgich va dielektriklar, o'zgarmas tok va ularning parametrlari, tarmoqlangan zanjir va Krixkof qonunlari, metallardagi elektr tokining klassik elektron nazariyasi.
  • Magnit maydoni. Tok elementlarning o'zaro taʼsiri: Vakuumda magnit maydoni va uning kuch chiziqlari, Amper qonunlari.
  • Lorens kuchi va uning qo'llanilishi: Elektron mikroskop, MGD generator, harakatlanuvchi zarrachaning magnit maydoni.
  • Kvant nazariya: Yadroviy reaksiyalar, termoyadroviy reaksiyalar, Olanning paydo bo'lishi va uning kelajagi.