Estеtika
Ushbu kitob estetika fanining mohiyatini, uning jamiyatdagi o'rnini, rivojlanish tarixini va asosiy tushunchalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda, shuningdek, san'atning ijtimoiy hayotdagi roli, uning turlari va o'ziga xosliklari ham ko'rib chiqiladi. Kitob, asosan, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, estetik bilimlarini oshirishga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Estetikaning bahs mavzusi, maqsadi va vazifalari: Estetika fanining predmetini, uning ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rnini, maqsadini va vazifalarini ochib beradi. Estetika tushunchasiga batafsil to'htalib o'tiladi.
- Qadimgi Sharq va Yevropa mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi: Qadimgi Misr, Hindiston va Xitoyda shakllangan estetik qarashlar, shuningdek Qadimgi Yunoniston va Rimda estetik tafakkurning rivojlanishi ko'rib chiqiladi. O'rta asrlar va Uyg'onish davrida Yevropada estetik qarashlarning evolyutsiyasi tahlil qilinadi.
- Markaziy Osiyoda estetik tafakkur taraqqiyoti: Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy yozma yodgorliklarida estetik fikrlarning ifodalanishi, IX-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda estetik fikrlarning rivojlanishi, XY-XYII asrlarda estetik fikrlarning davomiy rivojlanishi va mamlakatimiz estetik fikrlar tarixini o'rganishning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.
- Estetik ong va estetik faoliyat: Estetik ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi mohiyati, tarkibiy tuzilishi, estetik ong va estetik faoliyatning o'zaro bog'liqligi, estetik ong va estetik faoliyatni o'rganishdan maqsad ko'rsatilgan.
- Dizayn bir butun estetik muhitni tashkil etish san'ati: Dizaynning mohiyati, texnik estetika bilan aloqasi, dizayn va amaliy san'at o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, dizaynerlik va rassomlik kasblariga qo'yiladigan talablar tahlil etiladi.
- Asosiy estetik tushunchalar: Go'zallik, hunuklik, fojialilik, kulgulilik, ulug'vorlik va qahramonlik kabi asosiy estetik tushunchalarning mazmuni va o'zaro bog'liqligi ko'rib chiqiladi.
- Mustaqillik ma'naviyati va estetik madaniyat: Mustaqillik sharoitida ma'naviyatga bo'lgan munosabatning yangilanishi, estetik madaniyatning o'rni, barkamol shahsni shakllantirishda ma'naviyat va estetik madaniyatning ahamiyati ochib berilgan.
- San'at va ijtimoiy hayot: San'atning ijtimoiy ong shakli sifatidagi mohiyati, mafkuraviy va estetik ahamiyati, boshqa ijtimoiy sohalar bilan aloqadorligi va mustaqillik sharoitida san'atga e'tibor masalalari ko'rib chiqiladi.
- San'atning estetik mohiyati: San'at va estetika o'rtasidagi aloqadorlik, san'at estetik boyliklarni yaratish manbai, san'at asarlarida estetik kategoriyalarning ifodalanishi tahlil qilinadi.
- San'at turlari: San'at turlarining vujudga kelish manbalari, o'ziga xos xususiyatlari, qorishma san'at turlari, mustaqillik sharoitida san'at turlarining rivojlanishi va ahamiyati ko'rsatilgan.