Axborot resurs markazi uchun ma’lumotlar bazasini yaratish va ma’lumotlarni qayta ishlashni ta’minlash
Bitiruv malakaviy ishi kunning dolzarb masalalaridan biri – elektron resurslar, shu bilan birga to'liq matnli ma'lumotlar bazalarini yaratish masalasiga bag'ishlangan. Ishda Yakkabog' tumani Maishiy xizmat ko'rsatish KHK da o'tiladigan fanlar bo'yicha mavjud asarlarining talqini aks etgan elektron to'liq matnli ma'lumotlar bazasi, uning algoritmi, qidiruv tizimi berilgan.
Asosiy mavzular
- Axborot resurs markazi tarkibidagi qo'llanilayotgan ma'lumotlar bazalarining nazariy asoslari va tizimli tahlili: Ma'lumotlar bazalari haqida tushuncha, standartlar asosida shu yo'nalishga oid asosiy atamalar va tushunchalar, avtomatlashtirilgan elektron kutubxona tizimlarida to'liq matnli ma'lumotlar bazasi haqida tushunchalar, ularni yaratishdan maqsad, xususiyatlari va ahamiyatlari keltirilgan. Hozirda mavjud to'liq matnli ma'lumotlar bazasi tizimlari o'rganib chiqilgan va tahlil qilingan.
- Axborot resurs markazi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish va ma'lumotlarni qayta ishlashni ta'minlashning mazmuni va mohiyati: Mazkur tizimni yaratishdan maqsad va uning xususiyatlari ochib berilgan. Tizimni yaratishda qo'llanilgan dasturlash tillari va vositalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, tizim ma'lumotlar bazasining tuzilishi, ma'lumot qidiruvijarayonlari ham ushbu bobda o'z o'rnini topgan.
- Axborot resurs markazi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish va ma'lumotlarni qayta ishlashni ta'minlashni dasturiy majmua sifatida ishlab chiqish: Tizimning funksional tuzilishi, masalalar algoritmlarining blok-sxemasi va tashkiliy tuzilishi keltirilgan. Tizimning funksional tuzilishida uning asosiy funksiyalari, tarkibiy qismlari yoritib beriladi. Tashkiliy strukturada tizimni tashkil etishning asoslari, tizimni yuritishda qatnashuvchi mas'ul shaxslar haqida ma'lumot beriladi. Tizimdan foydalanuvchi (user) lar uchun foydalanish tartibini izohlab beruvchi uslubiy qo'llanma ham beriladi.