Oliy matematika fanidan mustaqil ishlarni bajarish

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo‘jalik institutining Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun oliy matematika fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar to‘plamidir.

Asosiy mavzular

  • Vektorlar: Vektor tushunchasi, vektorlar ustida amallar, vektorning koordinatalari va koordinatalari bilan berilgan vektorlar ustida amallar, ikki vektorning skalyar va vektorli koʻpaytmasi, uch vektorning aralash koʻpaytmasi.
  • Fazoda analitik geometriya: Fazoda dekart koordinatalar sistemasi, nuqtaning oʻrni va nuqtani yasash, tekislik va uning tenglamasi, fazoda toʻgʻri chiziq va uning tenglamalari, tekislik va toʻgʻri chiziq orasidagi munosabatlar, ikkinchi tartibli sirtlar.
  • Chiziqli tenglamalar sistemasini matritsaviy usul bilan yechish: Matritsa haqida tushuncha, chiziqli tenglamalar sistemasi, chiziqli tenglamalar sistemasini matritsaviy usulda yechish.
  • Matematik tahlil elementlari: Ishlab chiqarish funktsiyalari, hosilaning tadbiqlari, differensial nisobning iqtisodda qoʻllanilishi, Lopital qoidasi.
  • Integrallash usullari: Ratsional kasrlar, ratsional kasrlarni integrallash, trigonometrik ifodalar va ularni integrallash.
  • Yuqori tartibli differensial tenglamalar: Yuqori tartibli differensial tenglamalar, ikkinchi tartibli differensial tenglamalar, oʻzgarmas koeffitsientli ikkinchi tartibli bir jinsli differensial tenglamalar, yuqori tartibli differensial tenglamalarning iqtisodiyotga tadbiqlari.