Halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Ushbu kitob xalqaro munosabatlar (XM)ning metodologik jihatlariga bag'ishlangan. Unda XM nazariyasi, asosiy tushunchalari, tizimli yondashuv, bashorat qilish usullari, tahlil metodlari va boshqa muhim jihatlar ko'rib chiqiladi. Kitob XMni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llaniladigan usullarni, strategik tahlilni, davlat siyosatini, axborotlarni tahlil qilishni va qaror qabul qilish jarayonlarini o'rganishga yordam beradi. Mazkur nashr O'zbekistonda xalqaro munosabatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, Oliy o'quv yurtlari talabalari, aspirantlar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Xalqaro munosabatlar oʻquv va tadqiqot fani sifatida: Xalqaro munosabatlar tushunchasi, jahon siyosati, ichki va tashqi siyosatning oʻzaro aloqadorligi, xalqaro - siyosiy fanlar predmeti.
  • XMni oʻrganish metodologiyasi masalasi: Metod muammosining ahamiyati, tadqiqot jarayoni, nazariyaning operasionallashishi va ifodalanishi, tadqiqotning mos metodlarini tanlash, ma'lumotlar tahlili va natijalar interpretatsiyasi (sharhi).
  • Nazariyani yaratish: siyosiy fanlarda gipotezalar va tushunchalar: Nazariya tushunchasi, nazariya komponetlari, gipotezaning ifodalanishi.
  • Nazariya operatsionalizatsiyasi: Operatsionalizatsiya: nazariya va ta'rif oʻrtasidagi aloqa, oʻlchov, o'lchov birliklari, nazariya validligi va ishonchliligi.
  • Reja bo'yicha ishlash: tadqiqot dasturini tuzish usullari: Tadqiqot maqsadi va dasturi, tadqiqot dasturida muqobil gipotezalarning hisobga olinishi, tadqiqot dasturlari koʻrinishlari (turlari), tadqiqot dasturini tanlash va validlikka tahdid soluvchi omillar.
  • XMni tadqiq qilishda tizimli yondashuv: Tizimli yondashuv mohiyati, XMni tahlil qilishda tizimli yondashuvning asosiy yoʻnalishlari va xususiyatlari.
  • Situatsiya tahlili metodlari: Siyosiy tahlil mazmuni va xususiyati, kuzatish, hujjatlarni o'rganish, qiyoslash, senariylar metodlari.
  • Soʻrov maʼlumotlarni toʻplash metodi sifatida: Ijtimoiy fanlar metodologiyasida “soʻrov” tushunchasining mazmuni, soʻrovni oʻtkazish bosqichlari, so'rov konseptualizatsiyasi va sxematizatsiyasi, instrumentariyani tayyorlash va soʻrovni rejalashtirish, ma'lumotlarning ikkilamchi tahlili.
  • Intervyu jarayoni: Intervyu haqida tushuncha, savollar tuzish, intervyu oluvchilar tanlovi, yo'naltirilgan intervyular, maxsus intervyu.
  • Manbalar va yigʻma maʼlumotlarni qoʻllash: Ma'lumot manbalari haqida asosiy tushunchalar, yig'ma maʼlumotlarning turlari va ulardan foydalanishdagi muammolar, jamlanma ma'lumotlarning manbalari.
  • Maʼlumotlarni tayyorlash va qayta ishlash, axborotlarni kodlashtirish: Politologik tadqiqotlarda kodlashtirishning mohiyati va ahamiyati, kodlar kitobi va kodlashtirish varaqasi, ma'lumotlarni qayta ishlash.
  • XMda siyosiy bashorat: Siyosiy bashoratning mohiyati, bashorat usulining tasnifi, XM bashoratida metod tanlovi va uni amalga oshirish bosqichlari.
  • Eksplikativ metodlar: Kontent - tahlil, ivent – tahlil, kognitiv kartalash metodi va eksplikativ metodning boshqa turlari.
  • Xalqaro munosabatlarda qiyosiy metod: Qiyosiy tahlil haqida tushuncha, ko'chmanchi” savollarni aniqlanishi, ekvivalent oʻlchovni axtarish, tadqiq uchun davlatlar tanlovi, mustaqil kuzatuvlar tanlovi.
  • XMni tadqiq qilishda modellashtirish: Muammoning konseptualizatsiyasi va modellashtirishi, siyosiy hudud (makon), mikro, makro va mega-siyosat, M.A Xrustalev boʻyicha xalqaro munosabatlarni tizimli modellashtirish, XMni modellashtirishning yutuqlari va kamchiliklari.
  • Matematik modellashtirish: Matematik modellashtirish tushunchasi va jarayoni, modellashtirishni qoʻllash sabablari, modellarning boshqa tiplari, modellashtirish bilan bogʻliq murakkabliklar.
  • Strategik tahlil tashqi siyosatning tizimli metodi sifatida: Strategik tahlilning asosiy tushunchalari va kategoriyalari, davlat tashqi siyosatini o'rganishda qo'llaniladigan tizimli tahlil metodi.
  • Strategik tahlil tayyorlash metodikasi: Strategik ma'ruzani rasmiylashtirish.