Органик кимё
Ushbu kitob organik kimyo faniga oid ma'ruzalar matnidan iborat bo'lib, unda organik birikmalarning tuzilishi, xossalari, reaksiyaga kirishish qobiliyati va ularni olish usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob, asosan, farmatsiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tibbiyotda qo'llaniladigan sintetik dorivor moddalar haqida ham ma'lumotlar beradi. Kitobda organik birikmalarning sinflanishi, nomenklaturasi, izomeriyasi, kimyoviy bog'lanish turlari va ularning xususiyatlari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Organik birikmalarda kimyoviy bog'lar: Organik kimyoning farmatsiya uchun ahamiyati, organik birikmalarning anorganik birikmalardan farqi, organik birikmalarning tasnifi, kimyoviy bog'lanish turlari (kovalent, ionli, koordinatsion), sigma va pi bog'lar, elektron effektlar (induktiv, mezomer), molekulalarda atomlarning o'zaro ta'siri
- Tetraedrik uglerod atomidagi radikal o'rin olish reaksiyalari (SR): Alkanlar va sikloalkanlarning tuzilishi, izomeriyasi, olinish usullari, reaksiyaga kirish qobiliyati, S-H va C-C bog'larining uzilishi bilan boradigan reaksiyalar (galogenlash, nitrolash, oksidlanish, kreking), sikloalkanlarning konformatsiyalari (kreslo, vanna), aksial va ekvatorial bog'lar
- Alkin va alkadienlarning reaksiyaga kirish qobiliyati: Alkinlar va alkadienlarning tuzilishi, nomenklaturasi, izomeriyasi, olinish usullari, elektrofil birikish reaksiyalari, oksidlanish, СН-kislotalik xususiyati, alkin va alkenlarning elektrofil birikish reaksiyalaridagi qiyosiy reaksion qobiliyati
- Aromatik uglevodorodlarda elektrofil o'rin olish reaksiyalari: Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi, benzol halqasining o'ziga xos xossalari, aromatiklik mezoni (Hukkel qoidasi), benzolni olish usullari, elektrofil o'rin olish reaksiyalari mexanizmi (galogenlash, nitrolash, sulfonatlash, alkillash, atsillash), π va σ komplekslar, orientatsiya qoidalari