Меҳнат ва унинг методикаси

Ushbu kitobda boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyasi yo'nalishi uchun "Mehnat va uni o'qitish metodikasi" fanidan "Qog'oz bilan ishlash" mavzusidagi amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy ishlanma keltirilgan. Ishlanma talabalarga qog'oz bilan ishlashning asosiy usullarini o'rgatish, ularda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish hamda qog'oz chiqindilaridan foydalanish orqali mozaika yasash kabi malakalarni shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Qog'ozni buklash va kesish usullari: Qog'ozni 2, 4, 8, 6 qismlarga buklash va burchaklar hosil qilish, qog'ozni murakkab usullarda buklab maketlar yasash, qog'ozni oddiydan murakkab usulda buklash, buklash chiziqlari va burchaklar hosil qilish. Shu buklash chiziqlari orqali maketlar yasash.
  • Qog'ozdan mozaika ishlari: Qog'oz chiqindilaridan foydalanib, mozaika ishlari yasash texnologiyasi, qog'oz chiqindilaridan foydalanishning afzalliklari, ekologik ahamiyati
  • Amaliy mashg'ulotning texnologik modeli: Mashg'ulotning maqsadi, vazifalari, ta'lim berish usullari, shakli, vositalari, sharoiti, monitoring va baholash, kutilayotgan natijalar, o'qituvchi va talabalar faoliyati, baholash mezonlari, topshiriqlar, mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar.