Юмшоқ дори турлари

Ushbu kitob dorivor vositalarning yumshoq turlari, xususan surtmalar, linimentlar, pastalar va shamchalarni tayyorlash texnologiyasiga bag'ishlangan. Unda har bir dorivor shaklning ta'rifi, tasnifi, tayyorlash usullari, sifatini baholash mezonlari va saqlash sharoitlari batafsil yoritilgan. Kitobda talabalarning amaliy mashg'ulotlarida qo'llaniladigan uslubiy ko'rsatmalar, vaziyatli masalalar, mustaqil bajarish uchun retseptlar va savollar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Shamchalarni tayyorlash: Shamchalarning ta'rifi, tasnifi, tayyorlash usullari (quyish, juvalash), ishlatiladigan asoslar, dorivor moddalarni qo'shish tartibi, sifatini baholash va saqlash sharoitlari. Rektal va vaginal shamchalarning xususiyatlari.
  • Surtma dorilar: Surtmalarning ta'rifi, tasnifi, tayyorlash usullari (gomogen, geterogen, эмульсион, суспензион, aralash), ishlatiladigan asoslar, dorivor moddalarni qo'shish tartibi, sifatini baholash va saqlash sharoitlari. Eritma, qotishma va ekstraksiya shaklidagi surtmalar.
  • Linimentlar: Linimentlarning ta'rifi, tasnifi, tayyorlash usullari (gomogen, суспензион, эмульсион, aralash), ishlatiladigan asoslar, dorivor moddalarni qo'shish tartibi, sifatini baholash va saqlash sharoitlari.
  • Pastalar: Pastalarning ta'rifi, tayyorlash texnologiyasi, surtmalardan farqi, tarkibi, klassifikasiyasi, ishlatiladigan asoslar va dorivor moddalar. Sifatini baholash usullari. Retseptlar.