Ўзбекистон тарихи фанидан амалий машғулотлар бўйича услубий қўлланма

Ushbu kitob O'zbekiston tarixi fanidan amaliy mashg'ulotlar bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, unda O'zbekiston tarixini o'rganishda muhim manba bo'lgan "Avesto" kitobidan tortib, XX asr oxirigacha bo'lgan davr qamrab olingan. Qo'llanmada har bir mavzuga ilova etilgan ilmiy adabiyotlar majmui tahlil etilgan holda tariximizni haqqoniy va xolisona yoritishga harakat qilinadi. Kitob Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tayyorlangan namunaviy dastur asosida yaratilgan.

Asosiy mavzular

  • "Avesto" kitobi O'zbekiston tarixini o'rganishda muhim manba: Mavzuda "Avesto"ning paydo bo'lish hududi, unda qadimgi ajdodlarimiz boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmushi va madaniy hayoti, Zardushtiylik dinining tamoyillari va qonun qoidalari, "Avesto"ning O'rta Osiyo va boshqa hududlar bo'ylab tarqalishi va uning qadimgi xalqlar ma'naviy hayotiga ta'siri kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • O'zbek xalqining etnik shakllanishi va uning rivojlanish bosqichlari: Mavzuda o'zbek xalqining paydo bo'lishi masalalari, o'zbek xalqining etnik asosini tashkil etgan Vatanimiz hududidagi qadimgi aholi, ularning ijtimoiy madaniy hayoti, o'zbek xalqining etnik shakllanishida muhim rol o'ynagan turkiy qavmlar va elatlar, o'zbek xalqi etnik nomining shakllanishida XVI asr boshlarida Movarounnahrga kelib joylashgan o'zbek urug'larining ta'siri kabi masalalar yoritiladi.
  • Vatanimiz hududida vujudga kelgan dastlabki davlatlar: Mavzuda davlatchilik tushunchasi, ilk davlatlar paydo bo'lishining asosiy omillari, "Katta Xorazm" va "Qadimgi Baqtriya podsholigi", O'rta Osiyoda andik davr davlatlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti, Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan alohida o'rni kabi masalalar o'rganiladi.
  • Buyuk ipak yo'li va hozirgi zamon: Mavzuda eng qadimgi yo'llar, Buyuk ipak yo'lining paydo bo'lishi va rivojlanishi, Amir Temur va Temuriylar davrida Buyuk ipak yo'li shuhratining yanada ortishi, XVI asrdan Buyuk ipak yo'li ahamiyatining pasayishi va uning sabablari, hozirgi davrda Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklash va rivojlantirish borasidagi Xalqaro hamkorlik harakatida O'zbekistonning ishtiroki kabi masalalar yoritiladi.
  • Markaziy Osiyo xalqlarining IX-XII asrlar davri madaniyati: Mavzuda IX-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan tarixiy shart-sharoitlar va asosiy omillar, ilm-fan ravnaqi, O'rta Osiyo allomalarining jahon tsivilizatsiyasi xazinasiga qo'shgan bebaho hissasi, badiiy adabiyotning rivoj topishi, O'rta Osiyo hududida islom madaniyatining tarkib topishi kabi masalalar o'rganiladi.
  • Amir Temur. O'zbek davlatchiligining yuksalishi. Temuriylar davrida ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot: Mavzuda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda Movarounnahr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi, Temuriylar davrida ilm-fan, Ulug'bekning ilmiy maktabi, xattotlik, tasviriy sa'nat va musiqa madaniyati, badiiy adabiyot, Alisher Navoiy ijodiy merosi kabi masalalar yoritiladi.
  • O'zbek xonliklari davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik sabablari va uning oqibatlari: Mavzuda Shayboniylar va Ashtarxoniylar hukmronligi, Mang'itlar davrida Buxoro amirligi, davlat tuzumi, xo'jalik va madaniy hayot, Xiva xonligining tashkil topishi, Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, Qo'qon xonligi, ijtimoiy ahvol, madaniy hayot, xonliklarning o'zaro munosabatlari hamda ichki ziddiyatlarning keskinlashib borishi kabi masalalar yoritiladi.
  • Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlaka siyosati: Mavzuda Rossiya istilosidan so'ng Chor ma'murlari tomonidan Turkistonda mustamlakachilik boshqaruvi tizimining vujudga keltirilishi, Chor Rossiyasi hukmron doiralarining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, o'lka iqtisodiyotining chorizm manfaatlariga bo'ysundirilishi, chorizmning ko'chirish siyosati, uning asoratli oqibatlari, chor mustamlaka ma'murlarining o'lka xalqlari ma'naviy-madaniy hayotiga salbiy ta'siri kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Turkistonda jadidchilik harakati: Mavzuda XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, jadidchilik harakatining yuzaga kelishi, Turkiston jadidlari ilgari surgan g'oyalar va qarashlar hamda ularning ilg'or, progressiv mazmun-mohiyati, jadidlarning o'lka xalqlari orasida olib borgan madaniy oqartuvchilik faoliyati, jadid namoyondalarining Turkistondagi demokratik va milliy istiqlolchilik harakatlariga ko'rsatgan muhim ta'siri kabi masalalar o'rganiladi.
  • Sovet hokimiyatining davlat tepasiga kelishi va unga qarshi qurolli harakatlar: Mavzuda Turkiston Muxtoriyati milliy istiqlolga erishish yo'lida mahalliy demokratik kuchlarning dastlabki muhim qadami, o'lkada istiqlolchilik harakatining boshlanishi, uning mohiyati va harakatlantiruvchi kuchlari, Farg'ona vodiysi – istiqlolchilik harakatining markazlardan biri, Buxoro va Xivada milliy ozodlik harakatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma'naviy qaramlik. Sovet tuzumining O'zbekistonda yuritgan qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari: Mavzuda 20-yillar oxirida sobiq sho'rolar mamlakatida totalitar ma'muriy buyruqbozlik va byurokratik tuzumning qaror topishi, hukmron markaz, komfirqaning 20-30-yillarda O'zbekistonda o'tkazilgan industrlashtirish va dehqon xo'jaliklarini jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari, O'zbekiston iqtisodiy va ma'naviy hayotining 50-80 yillarda chuqur turg'unlik va buxronlik holatlarga duchor bo'lishi hamda uning asoratlari, Komfirqa va Sho'ro hokimiyatining O'zbekistonda yuritgan umumiy qatog'onlik siyosati va uning ijtimoiy, madaniy haytga salbiy ta'siri kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi – o'zbek davlatchiligi tarixida yangi bosqich: Mavzuda O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi – o'zbek xalqi tarixidagi mislsiz tarixiy voqea, O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li, O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekistonda iqtisodiy islohatlar va bozor munosabatlarining shakllanishi: Mavzuda O'zbekiston Respublikasining bozor munosabatlarini shakllantirish tomon yo'l tutishi, “O'zbek modeli” va uning tomoyillari, iqtisodiy islohotlar, uning strategiyasi, ustuvor yo'nalishlari va bosqichlari, bozor infratuzilmasini shakllantirish, Respublika iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o'zgarishlar, O'zbekistonning kuchli ijtimoiy yo'naltirilgan siyosati va uning jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta'minlashdagi roli kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • Milliy istiqlol g'oyasi uning mohiyati, tarixiy ildizlari va ahamiyati: Mavzuda Milliy istiqlol mafkurasi mustaqilligimizning zaruriy ehtiyoji sifatida, Milliy istiqlol mafkurasining vazifalari, Milliy istiqlol mafkurasi – jamiyatimizning taraqqiyot dasturi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni va roli: Mavzuda O'zbekiston Respublikasi tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi va uning tamoyillari, O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi, O'zbekiston va jahonning turli mamlakatlari o'rtasida hamkorlik munosabatlari kengayib borishi, O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik aloqalari. mintaqada yagona iqtisodiy makon yaratish yo'lida kabi masalalar ko'rib chiqiladi.